Samsung Galaxy smartfonida kesh’ni qanday tozalaymiz?

  •   Saroy
  •  1441
  •  15.05.2018 10:27

Samsung Galaxy smartfonida kesh’ni qanday tozalaymiz?

Agar Samsung Galaxy kesh’ini tozalash haqida hali unchalik tanish bo‘lmasangiz, biz quyidagi asosiy tamoyil bo‘yicha tushuntirishga harakat qilamiz: kesh nima, u qanday bo‘ladi va Android-qurilmasida ma’lumotlar saqlanayotgan kesh’ni qanday qilib tozalash mumkin.

O‘QING: Android-qurilmangizni kesh, tarix va keraksiz fayllardan tozalamoqchimisiz?

Kesh nima?

Kesh – bu smartfonlar ishini tezlashtiradigan vaqtinchalik fayllardir. Ular operatsion tizim va ilovalardan kelgusida foydalanish uchun xotirada saqlanadi. Anglaganingizdek, ikki turdagi kesh mavjud: tizimli va ilovalar kesh’i. Garchi uning maqsadi sizning Galaxy smartfoningizni yanada  tez ishlashini ta’minlasa-da, u dasturiy ta’minotda turli muammolarni ham keltirib chiqarishi mumkin. Shu bois, muntazam ravishda tozalashni amalga oshirib turish kerak.

Samsung smartfonidagi ilovalaringizda keshni qanday tozalasa bo‘ladi?

 Siz har bir ilova kesh’ini alohida yoki hammasini bir yo‘la o‘chirib tashlashingiz mumkin. Ma’lum bir dasturda tozalash jarayonini bajarish uchun smartfonda “Nastroyki” ni ochish kerak, keyin “Dispetcher prilojeniy” bo‘limiga o‘tasiz. Barcha ilovalar ro‘yxatida keragini topasiz va keshni tozalaysiz, buning uchun kerakli tugmani bosasiz. Endi, mavjud barcha dasturning kesh’ni o‘chirib tashlash uchun  “Pamyat” bo‘limiga o‘ting va  “Keshirovannie dannie” tugmasini bosing, so‘ngra “OK” ni bosib tozalashni tasdiqlang.

Samsung Galaxy’da tizimli kesh’ni qanday tozalaymiz?

Agar aynan Android operatsion tizimi o‘zini g‘alati tutayotgan bo‘lsa,  ya’ni bitta emas ikkita ilovani ko‘rsatayotgan bo‘lsa, tizimli kesh’ni tozalashga urinib ko‘ring. Biz buni sizga smartfoningizni OS ning yanada yangiroq versiyasiga yangilayotganingizda amalga oshirishingizni maslahat beramiz. Bu dasturiy ta’minotda turli  ko‘rinishdagi muammolarning oldini olishga yordam beradi.

O‘QING: Android’da keshni tozalaymiz

1.Telefonni quvvatlash menyusi orqali o‘chiring.

 Bir vaqtning o‘zida “Gromkost vverx”, “Domoy” va “Pitaniye” tugmalarini bosib ushlab turing.

  1. Shundan keyin moviy ekran namoyon bo‘ladi, so‘ngra avtomatik ravishda rekaveriga o‘ting.

Pastga va yuqoriga o‘tish uchun ovoz balandlantirgichni boshqarish tugmasidan foydalaning. Shunday qilib, "Wipe Cache Partition"punktini tanlang, keyin  tasdiqlash uchun “Pitaniye” tugmasini bosing.

  1. Jarayonni tugatganingizdan keyin “Cache wipe complete" , degan sariq yozuv chiqadi.
  2. Endi Samsung Galaxy’ni qayta yoqishingiz mumkin, buning uchun “Reboot system now" menyusini tanlaysiz. So‘ngra tasdiqlash uchun “Pitaniye” tugmasini bosing.
  3. Qayta yoqishga biroz vaqt ketadi, shu bois sabrli bo‘ling va kuting.

Mana endi siz smartfoningizda kesh’ni qanday tozalashni bilib oldingiz.

Manba: galaxy-droid.ru