Samsung "hamyonbop flagman"ni qaytarmoqchi!

Samsung

2018 yilning Samsung uchun xayrli kelishini yana bir muhim yangilik bilan izohlasak bo‘ladi: kompaniya, nihoyat Galaxy S turkumidagi flagmanlarning ‘mini’ talqinini ham ishlab chiqarishni reja qilgan ko‘rinadi.

Galaxy S5 modelidan boshlab biz odatda "mini" versiyani ham ko‘rishga odatlanib qolgan edik. Biroq Samsung’ning so‘nggi flagmanlari bu talqindan mosuvo qilingan edi.

Kuni kecha Samsung o‘zining "SM-G8750" raqamli smartfon modelini benchmarklarda sinovdan o‘tkazishni boshladi. Uning 5 dyuymli Galaxy S9 mini ekani ko‘pchilik tomonidan aytilmoqda.

Galaxy S9 mini haqidagi xabarlar ilk marotaba Twitter tarmog‘idagi insayderlar tomonidan tarqatilgan edi. Kecha esa Geekbench resursida korpusida Snapdragon 660 protsessori o‘rnatilgan yangi smartfon "qo‘lga tushdi".

8 yadroli toshlarining chastota tezligi 1.84 Ggs bo‘lgan hamda 4 gigabaytli tezkor xotira bilan ta’minlangan, shuningdek Android 8.0 Oreo operatsion tizimi boshqaurvida ishlaydi. Kichik talqin korpusi ham metalldan ishlanadi va tashqi ta’sirlardan himoya qilinadi. 

Galaxy S5 Active uchun bir vaqtlar "SM-G870A" model raqami ishlatilar edi. Ayni kunda esa "Active" smartfonlar uchun Samsung "SM-G89xA" model raqamidan foydalanmoqda. Shu bilan birga, Galaxy S Active qurilmalari doimo kuchli jihatlarga ega bo‘lib kelgan.

"SM-G8750" modeli ishlab chiqariladigan bo‘lsa, u Samsung kompaniyasining o‘rta narxli smartfonlar bozoridagi kuchli vakili bo‘ladi. Gadjetning shu yilning iyulida taqdim qilinishi kutilmoqda.

O‘qing: Galaxy J8: Samsung'dan ilg‘or smartfon

Galaxy S9 dizaynidagi Galaxy S9 mini ishlab chiqarilganida uni xarid qilar bo‘larmidingiz? Buni izohlarda ma’lum qiling.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!