Samsung hamyonbop Galaxy J2 Pro (2018) smartfonini taqdim etdi

  •   DiMaX
  •  11768
  •  10.01.2018 11:45

Samsung hamyonbop Galaxy J2 Pro (2018) smartfonini taqdim etdi

Yetakchi smartfonsozlar hozirda ilg‘or innovatsion texnologiyalarga boy flagmanlar yaratish borasida poygaga kirishganlar. Shu bilan birga, ular ko‘pchilik xaridorlarning talab va istaklariga mos keluvchi hamyonbop modellarni ham taqdim qilishda davom etishmoqda. Jumladan, Phonearena nashri xabariga ko‘ra, Samsung kompaniyasi arzon Galaxy J2 Pro (2018) modelini namoyish qildi. Aftidan, koreyaliklar hamyonbop smartfonlar bozorida xitoyliklar bilan raqobatga kirishmoqchi, shekilli.

O‘QING: HomTom HT16 – atigi 47 dollarlik qulay smartfonga buyurtma bering!

Tabiiyki, narxiga yarasha, 2018 yilgi Galaxy J2 Pro smartfonining xususiyatlari ham kamtargina. Korpusi plastikdan ishlangan bo‘lib, hozircha qora, kul rang, tillarang va pushti ranglarda taqdim etilmoqda.

Ammo unga Super AMOLED matritsali, diagonali 5 dyuymga teng ekran o‘rnatilishi – hamyonbop smartfonlarda kam uchraydigan yangilik. Displeyning tasvir aniqligi ham kamtarona – 960x540 pikselli (qHD formatida).

Yangi smartfonning asosiy kamerasi yakka modulli va 8 megapikselli. Old kamerani esa 5 megapikselli sensor bilan jihozlashgan. Qurilmada ikkita SIM-karta tirqishi bor va u to‘rtinchi avlod – 4G LTE  tarmog‘ini ham qo‘llab-quvvatlaydi.

Mazkur smartfonning rasmlari va turli jihatlari borasida ma’lumotlar chiqqanligi to‘g‘risida yaqinda ham yozganmiz, faqat unda  model nomida «Pro» qo‘shimchasi yo‘q edi.

O‘QING: Samsung Galaxy J2 (2018): jihat va suratlari tarqalib ketdi

Samsung Galaxy J2 Pro (2018) smartfonining texnik xususiyatlari:

  • Displey: 5 dyuymlik, 960x540 pikselli;
  • Protsessor: 1,4 GGs chastotada ishlovchi 4 yadroli Snapdragon 425;
  • Xotira: 1,5 GB tezkor va 16 GB doimiy + 256 GBgacha microSD kartasi;
  • Kamera: 8 Mp asosiy va 5 Mp old kamera;
  • Akkumulyator: 2600 mA/soat;
  • Operatsion tizim: Android 7.0 Nougat;
  • O‘lchamlari: 144x72x8 mm; vazni – 153 g.

Xabarlarga ko‘ra, janubiy koreyalik texnogigantning 2018 yilgi Galaxy J2 Pro modeliga taxminan 140 AQSh dollari miqdorida narx belgilanadi. Ammo uning savdoga chiqarilish vaqti hozircha noma’lum.

O‘QING: 2018 yil boshida eng ommalashgan 10 smartfon

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!