Samsung hatto eng arzon – Galaxy J smartfonlarini ham Android 9 Pie’gacha yangilay boshladi

  •   DiMaX
  •  1801
  •  27.04.2019 15:55

Samsung hatto eng arzon – Galaxy J smartfonlarini ham Android 9 Pie’gacha yangilay boshladi

O‘zini hurmat qilgan smartfonsozlar odatda turli mahsulotlarining dasturiy ta’minotlarini yangilab, hamisha ularga xizmat ko‘rsatib borishadi. Janubiy koreyalik korporatsiya ham bu borada o‘zining A-brend, ya’ni sifatli, qimmatbaho mahsulotlar chiqaruvchi nufuzli brend ekanini namoyon etmoqda.

O‘QING: Ekspertlar barcha iPhone’larning istalgan Android-smartfondan asosiy ustunligini ma’lum qilishdi

Samsung o‘zining nafaqat flagmanlari, balki barcha narx toifalaridagi smartfonlariga eng so‘nggi talqindagi operatsion tizim asosida proshivka ishlab chiqmoqda. Jumladan, bugun Android Pie bazasidagi proshivka ushbu kompaniyaning arzon modellari – Galaxy J4+ hamda Galaxy J6+ smartfonlari uchun taqdim etildi.

Xabarga ko‘ra, yangi proshivka dastlab Vetnam, Tailand va Ukraina hududlaridagi Galaxy J4+ va Galaxy J6+ smartfonlariga tarqatilgan. Ikkinchi bosqichda mazkur apdeytni Germaniya, Iroq va Hindistondagi foydalanuvchilar qabul qilib olishadi.

Shu tariqa, butun dunyo bo‘ylab ko‘plab hamyonbop Samsung smartfonlari eng so‘nggi talqingacha yangilanadi. Apdeyt nafaqat to‘qqizinchi avlod Android versiyasini, balki yangilangan One UI interfeysini hamda apreldagi xavfsizlik patchlarini ham olib keladi.

O‘QING: Galaxy A50 yana Terashop.uz’da, Galaxy S10e ham yetib keldi! Shu va boshqa Samsung smartfonlari narxlari (2019 yil 25 aprel)