Samsung Hindistonda Galaxy A23 va Galaxy A14 smartfonlarini taqdim qiladi

Samsung Hindistonda Galaxy A23 va Galaxy A14 smartfonlarini taqdim qiladi

Yaqinda Samsung kompaniyasi Hindistonda o'zining yangi Galaxy A seriyasidagi smartfonlarini taqdim qilish uchun 18-yanvarda tadbir o'tkazishini e'lon qilgan, lekin aynan qaysi smartfonlar ekanligini ochiqlamagan edi. O'tgan hafta davomida kompaniya o'zining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida bir nechta tizer suratlar ulashdi va ularda bo'lajak smartfonlar Galaxy A14 5G va Galaxy A23 5G ekanligi ma'lum bo'ldi.

Samsung Hindistonda taqdim qilmoqchi bo'lgan Galaxy A23 smartfonida allaqachon boshqa mamlakatlarda o'tgan yildan beri sotib kelinadi. Biroq, undan farqli o'laroq smartfonning hindcha versiyasi yaxshilangan texnik xususiyatlar bilan chiqarilishi mumkin. Masalan, tizerlarda Galaxy A23 5G smartfonining 6.6 dyuymli ekrani 120 gerts yangilanish tezligi bilan FHD qo'llab-quvvatlashi ma'lum bo'ldi. O'z nomidan ham ma'lumki, smartfon 5G'da ishlaydi. Shuningdek, uning kamerasi OIS, ya'ni tasvir optik barqarorlashtirish xususiyatiga ham ega bo'ladi. Old tomonda smartfon Infinity-V dizaynidagi ramkaga ega bo'ladi. Texnik xususiyatlar borasida ham o'zgarishlar bo'lishi mumkin, xususan, u qutida One UI 5 operatsion tizimi bilan chiqarilishi mumkin. Shu bilan birga, kompaniya uzoq batareya quvvati, hamda tezkor protsessor taklif qilmoqda.

Galaxy A14 5G ham yaqinda boshqa mamlakatlarda, xususan, Amerika va Yevropa bozorlarida sotuvga chiqarildi va u o'sha texnik xususiyatlarni saqlab qolishi mumkin.

Smartfonlar to'q qizil, och yashil, qora, kulrang va och yashil ranglarda Galaxy A14 5G 200 dollar, Galaxy A23 5G esa 300 dollarga atrofidagi narxda 18-yanvarda taqdim qilinishi kutilmoqda.

O'QING: Barcha Galaxy S23 smartfonlarining sifatli marketing renderlari tarqatildi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!