Samsung Hindistonda Galaxy J7 Prime va Galaxy J5 Prime modellarini taqdim etdi

Samsung Hindistonda Galaxy J7 Prime va Galaxy J5 Prime modellarini taqdim etdi

Bugun Samsung Electronics kompaniyasi Hindistonda Galaxy J7 Prime va Galaxy J5 Prime modellarini namoyish qildi.

Har ikkala smartfon 16 GB doimiy xotira, microSD slot, barmoq izi skaneriga ega. Ikkita SIM-karta ishini qo‘llab-quvvatlaydi. Smartfonlarning korpusi metalldan tayyorlangan.

Galaxy J7 Prime 3300 mA/st sig‘imli batareyaga ega, u 8 yadroli 1,6 GGs chastotadagi protsessor yordamida ishlaydi. Telefonga 3 GB tezkor xotira, 8 MPli old hamda svetodiodli chaqnoq va avtofokusga ega 13 MPli asosiy kamera o‘rnatilgan. Galaxy J7 Prime 5,5 dyuymli FHD ekran bilan ta’minlangan.

gsmarena_003

Galaxy J5 Prime 4 yadroli Exynos protsessorida ishlaydi, tezkor xotirasining hajmi 2 GB. U LCD texnologiyasida ishlangan 5 dyuyli ekranga ega. Mazkur model 2400 mA/st sig‘imli akkumulyator bilan quvvatlanadi. Asosiy kameraning aniqligi – 8 MP, old kamerasi 5 MP.

Galaxy J7 Prime 280 dollar, uning “ukasi” esa 220 dollarga baholangan. Ikkala model qora va tillarang versiyalarda sotuvga chiqariladi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!