Samsung ikkita hamyonbop – Galaxy J3 (2018) va Galaxy J7 (2018) smartfonlarini taqdim etdi

  •   DiMaX
  •  3926
  •  08.06.2018 16:26

Samsung ikkita hamyonbop – Galaxy J3 (2018) va Galaxy J7 (2018) smartfonlarini taqdim etdi

Janubiy koreyalik texnogigant o‘zining hamyonbop Galaxy J smartfonlar turkumiga mansub ikkita qurilmasini rasman namoyish qildi. Bular Galaxy J3 (2018) hamda Galaxy J7 (2018) modellari bo‘lib, AQShda savdoga chiqariladi.

O‘QING: Galaxy J6 va Galaxy A6 (2018) arzon bahoda sotuvga chiqariladi

Samsung negadir ularning texnik xususiyatlarini batafsil aytmagan. Ma’lum bo‘lgani shuki, Galaxy J3 (2018) qurilmasi besh dyuymlik, J7 (2018) esa – 5,5 dyuymlik ekranga ega. Ularning ikkalasida ham displeyning tasvir aniqligi 1280x720 pikselni tashkil etadi.

2018 yilgi Galaxy J3 modelining old va asosiy kameralari tegishlicha 5 hamda 8 megapikselli sensorlar bilan jihozlangan. Uning «aka»si esa har ikkala kamerasida 13 megapikselli datchiklarga ega.

Bu gadjetlar xususida Samsung shundan boshqa biror ma’lumot bermagan. Ushbu kompaniyaning ko‘plab modellardagi smartfonlarini Terashop.uz internet-do‘konimizdan rasman xarid qilishingiz mumkin.

O‘QING: XUShXABAR: Terashop.uz internet-do‘konimiz ishga tushdi! O‘zbekiston bo‘yicha eltib beriluvchi Samsung smartfonlarining 570 000 so‘mdan boshlangan narxlari (2018 yil 8 iyun)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!