Samsung ilk chorakda rekord darajada Galaxy S8 sotmoqchi

Samsung ilk chorakda rekord darajada Galaxy S8 sotmoqchi

Samsung o‘z oldiga g‘oyatda ulkan maqsadni qo‘ydi: ma’lum bo‘lishicha kompaniya keyingi 3 oy ichida 18 mln dona Galaxy S8 va Galaxy S8 Plus smartfonlarini sotishni reja qilgan. Galaxy S7’ning 3 oylik savdosi bilan taqqoslab ko‘rganda, bu 2 barobar ko‘p degani. Aytish joizki, tahlilchilarning hisob-kioblariga ko‘ra, hatto Apple ham bir chorak ichida o‘zining eng ommalashgan iPhone 7 va iPhone 7 Plus smartfonlaridan 10 million dona sotishga muvaffaq bo‘lgan.

Avvaliga o‘z flagmanlarining omadiga bir oz ishonqiramagan Samsung kompaniyasi Galaxy S8 va Galaxy S8+ gadjetlaridan ilk chorakda 16 mln donaga yaqin sotishni o‘ylab yurgan edi. Ammo, yetkazib beruvchi dilerlarning ijobiy munosabati va xaridorlarning yuqori qiziqishi bois, koreyalik ishlab chiqaruvchi o‘z tahlillariga qayta nazar soldi.

Samsung, shuningdek yangi smartfonning yuqori talqiniga bo‘lgan talabni ham o‘rganib chiqib, S8 turkumida ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan Galaxy S8 va Galaxy S8+ o‘rtasidagi o‘zaro nisbatni ham 55/45 foizga qayta taqsimlagan. Avvaliga bu turkumda ishlab chiqarilishi belgilangan Galaxy S8+ miqdori 40 foizni tashkil qilgan.

Tahlilchilarning fikricha, 1 yil ichida kamida Samsung Galaxy S8 turkumidagi 50 mln dona smartfon sotiladi. Bu esa Galaxy S7’ning shu davr ichidagi savdosidan 1 million donaga ko‘p degani. Galaxy S8’ning “ajdodi”ga nisbatan nihoyatda innovatsion ekani hisobga olinsa, 50 mln dona — bu juda kam. Galaxy S7’ning ko‘p sotilish sabablari oddiy: o‘tgan yilgi flagmanlar avlodi Galaxy S8 smartfoniga nisbatan 1 oy avval namoyish qilingan. Qolaversa, Galaxy Note 7 planshetofonining omadsizligidan so‘ng, Samsung Galaxy S7 savdosi ham ko‘tarilib ketdi. O‘ta ilg‘or Note 7 xarid qqilishni reja qilganlar noiloj Galaxy S7 sotib olishga majbur bo‘ldilar.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.