Samsung kompaniyasi LCD displeylarni ishlab chiqarishni to‘xtatmoqchi

Samsung kompaniyasi LCD displeylarni ishlab chiqarishni to‘xtatmoqchi

Samsung Display (Samsung'ning displey ishlab chiqaruvchi guruhi) LCD turdagi ekranlarni ishlab chiqarishni iyun oyi oxirida, avval e’lon qilingan jadvaldan olti oy oldin to‘xtatadi. Sanoat insayderlari raqobat juda shiddatli bo‘lganini va Samsung Group yo‘qotishlarni cheklamoqchi ekanligini aytishmoqda.

Samsung Display endi OLED va QD (kvant-nuqta) panellarini ishlab chiqarishga e’tibor qaratadi va uning xodimlari QD biznesiga o‘tkazilishi kutilmoqda. 

Display Supply Chain Consultants hisobotlari shuni ko‘rsatdiki, hozirda LCD displeylar narxi komponentni ishlab chiqarishning eng yuqori davri bo‘lgan 2014 yil yanvar oyida bo‘lgan narxining 36,6% ni tashkil qiladi. Bu Xitoyning BOE va Tayvanning AU Optronics kabi displey ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning raqobatga qo‘shilib, mijozlarga arzonroq narxlarni taklif qilishlari bilan bog‘liq. 

LCD biznesi dastlab 2020 yilda yopilishi rejalashtirilgan edi, ammo COVID-19 pandemiyasi va arzon qurilmalarga (jumladan, arzon smartfon va planshetlar) ehtiyoj sezilishi bilan Samsung bu muhim qadamni kechiktirishga qaror qilgan edi. 

O‘QING: Galaxy Z Fold4'ning texnik jihatlari ma’lum bo‘ldi