Samsung kompaniyasi S22 Ultra uchun 45 vattlik quvvatlagichni ishlab chiqaradi

Samsung kompaniyasi S22 Ultra uchun 45 vattlik quvvatlagichni ishlab chiqaradi

Samsung o‘z smartfonlariga 45 vattlik quvvatlagichni qaytaradi. Insayder Roland Quandt bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Galaxy S22 Ultra modeli 45 vatt quvvatlash texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. 

Insayder alohida qutida sotiladigan EP-T4510 model raqamli quvvatlagich suratlarini taqdim etdi. 

Suratdan quvvatlagich qutisi ichida quvvatlash adapteri va USB-C kabeli borligini ko‘rish mumkin. 

Avvalroq kompaniya Galaxy S20 Ultra uchun 45 vattlik quvvatlagichlarni sotuvga chiqargandi. Bir yildan so‘ng esa S21 seriyasidagi barcha smartfonlar faqatgina 25 vatt quvvatlash texnologiyasi bilan jihozlandi. 

Yangi quvvatlagich ikkila tomoni USB-C portiga ega bo‘lgan kabel bilan birga keladi. Ikki yil avvalgi sotuvga chiqarilgan quvvatlagich ham xuddi shunday edi. Birgina farq shundaki, yangi EP-T4510 quvvatlagichining kabeli 1.8 metr uzlikda bo‘ladi. Avvalgi EP-TA845XBNG quvvatlagiching kabeli bir metr uzunlikda edi. 

Hozirda sotuvda bo‘lgan 45 vattlik adapter 50 dollar narxda sotilmoqda. Yangi quvvatlagich ham shu narx atrofida sotuvga chiqishi kutilmoqda. 

O‘QING: Uchta Galaxy smartfoni barqaror One UI 4 grafik qobig‘iga o‘tmoqda 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.