Samsung’ning 4K sig‘imli rom-televizori sotuvga chiqdi

Samsung’ning 4K sig‘imli rom-televizori sotuvga chiqdi

Samsung Electronics kompaniyasi The Frame nomli san’at namunalarini namoyish qilishga mo‘ljallangan televizorlarini sotuvga chiqardi. Unda telekanallarni ham tomosha qilish mumkin, albatta.

Ishlab chiqaruvchining bu televizorini galereya devorida osig‘lik romga qiyoslash mumkin: qurilma o‘z ekranida rassomlarning eng yaxshi polotnolari hamda eng yaxshi fotosuratlarni namoyish qiladi. Gadjet egalari bu suratlarni gadjetning xotirasida mavjud ro‘yxatdan saralashlari mumkin. Hozircha The Frame 37 ta muallifning 100 ta ijod namunasi kiritilgan.

Televizor uchun yangi suratlarni Samsung Art Store katalogidan olish mumkin. Samsung bu katalog suratlarini jahonning eng nomdor muzey va galereyalari bilan hamkorlik qilib, boyitib boradi. Ayni paytda ushbu resursda 300 dan ziyod ishlar jamlangan. Ularni donasini $20 dollardan xarid qilish yoki arzonroq narxda bir oylik kolleksiyani xarid qilish mumkin.

Shu bilan birga, bu rom-televizorning My Collection katalogiga foydalanuvchi o‘zining shaxsiy suratlarini ham joylashtirishi mumkin. Gadjet ularni 24 soat mobaynida namoyish qiladi.

Благодаря датчику освещенности, телевизор Samsung The Frame автоматически корректирует яркость и цветовую температуру изображения

The Frame’da telekanallarni 4K HDR TV standartida tomosha qilish mumkin. Unda 4 ta HDMI portlari, 3 ta USB portlari va Samsung smart TV televizorining barcha ilg‘or jihatlari mavjud.

Televizorda tashqi yorug‘lik ta’siridan kelib chiqib ekrandagi yorug‘lik va suratdagi rang haroratini avtomatik sozlaydigan datchik mavjud. Gadjetda harakat datchigi bo‘lib, u o‘zi osilgan xonada shovqinni qayd etishi bilan The Frame suratlarni “aylantirish”ni boshlaydi. Boshqa vaqtda esa gadjet dam oladi.

The Frame televizorining sig‘imi — 4K Ultra HD. Gadjet 2 modelda ishlab chiqarilmoqda: 65 dyuymli ekranga ega talqini $2799, 55 dyuymlisi $1999 dollar turadi. Uni Samsung.com saytidan xarid qilish mumkin.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!