Samsung'ning haqiqiy rahbari kompaniya boshqaruvini qaytadan qo‘lga oldi

Samsung'ning haqiqiy rahbari kompaniya boshqaruvini qaytadan qo‘lga oldi

O‘tgan hafta so‘ngida Samsung Electronics kompaniyasining haqiqiy rahbari Li Jeyong (Lee Jae-yong) joriy haftaning boshidan o‘zining rahbarlik vazifalarini boshqarishga qaytishi haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Li Jeyong so‘nggi bir yil davomida kompaniyaga rahbarlik qila olmagan edi. U po‘raxo‘rlik, korrupsiya, o‘g‘irlik, yolg‘on ko‘rsatmalar berish va o‘z vazifasini suiste’mol qilish bilan ayblab kelinayotgan edi.

O‘QING: Samsung prezidenti qamoq jazosiga hukm qilindi

So‘nggi ikki hafta mobaynida Li Jeyong Yevropa, Kanada va Yaponiya bo‘ylab xizmat safari uyushtirib, bu hududlardagi texnologiya sohasida yetakchi bo‘lgan kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashdi. Janob Li so‘nggi bir yil ichida bunday imkoniyatga ega bo‘lmay kelayotgan edi.

O‘QING: Samsung rahbari 2017 yili asosan qamoqda bo‘lib ham 820 ming dollar daromad qildi!

Yevropa bo‘ylab safar davomida Li Jeyong Fransiya hukumati bilan Parij shahrida yangi ilmiy-tadqiqot markazi tashkil qilish borasida shartnoma imzoladi. Kanada hukumati bilan esa Motreal shahrida bunyod etiladigan ilmiy markaz tashkil qilish bo‘yicha kelishuv imzolandi. Ushbu markaz sun’iy idrok texnologiyalari bo‘yicha tadqiqotlar olib borishi kutilmoqda.

Ushbu ma’lumotga munosabat bildirgan Samsung kompaniyasining matbuot xizmati «Janob Lining qaytishini 'rasmiy’ deb atash shart emas, u shunchaki o‘z o‘rniga qaytdi,» demoqda.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!