Samsung’ning qo‘sh ekranli flagman «raskladushka»sini videoda batafsil tomosha qiling!

  •   DiMaX
  •  1593
  •  20.11.2017 17:39

Samsung’ning qo‘sh ekranli flagman «raskladushka»sini videoda batafsil tomosha qiling!

Janubiy koreyalik gigantning buklama Android-smartfoni – Samsung W2018 videosi internetda tarqatib yuborildi. Shuningdek, uning taqdimot sanasi ham ma’lum, deya xabar bermoqda PhoneArena nashri.

O‘QING: Apple «raskladushka» iPhone chiqarmoqchi, ammo Samsung’dan cho‘chiyapti

E’lon qilingan videoda smartfon har tomonlama batafsil ko‘rsatilgan. Marhamat, o‘zingiz tomosha qiling:

Taxminlarga ko‘ra, W2018 modeli Snapdragon 835 protsessoriga ega bo‘ladi, uning tezkor/doimiy xotirasi hajmi esa 6/64 gigabaytga teng. Smartfonda har biri 4,2 dyuymlik ikkita AMOLED-displey mavjud. Asosiy kamerasi 12, selfi-kamerasi esa 5 megapikselli.

Videoga ko‘ra, flagman «raskladushka»ning istalgan ekranini teginish orqali «uyg‘otish» mumkin.

O‘QING: Huawei allaqachon buklama smartfon prototipini yaratibdi!

Shu tariqa, agarda siz ham ko‘pchilik qatori ilg‘or «raskladushka»-smartfonni kutayotgan bo‘lsangiz, bunga oz qolganini ham eslatib o‘tmoqchimiz. Samsung W2018 modeli tez orada, aniqrog‘i – 1 dekabrdayoq taqdim etiladi. Ammo u faqat Xitoydagina savdoga chiqariladi. Har holda, birinchi bosqichda uni faqat «Osmon osti saltanati» bozorigagina taqdim etayotir. Lekin AliExpress orqali buyurtma berish imkoni hamisha mavjud.

O‘QING: AliExpress va boshqa onlayn do‘konlardan xarid uchun zo‘r imkoniyat!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.