Samsung’ning yangi flagmani Geekbench’da rekord o‘rnatdi!

  •   DiMaX
  •  1606
  •  26.05.2018 16:59

Samsung’ning yangi flagmani Geekbench’da rekord o‘rnatdi!

Smartfonsozlar o‘zlarining yangi modellardagi mobil devayslarini turli benchmark servislarida sinab ko‘rishlari odat tusiga kirgan. Kuni kecha Geekbench’da testdan o‘tkazilgan – hali taqdim etilmagan yangi telefon rekord natija qayd etdi.

O‘QING: Qoyilmaqom Galaxy Note 9’ni videoda ko‘ramiz!

Bu yerda gap Samsung kompaniyasining Galaxy Note 9 smartfoni haqida ketmoqda. Xabaringiz bor – mart oyida ushbu qurilmaning Qualcomm Snapdragon 845 protsessorli varianti ayni shu benchmarkda sinab ko‘rilgan edi. Mazkur fabletning yangi tekshirilgan ikkinchi varianti esa Samsung Exynos 9810 chipiga ega.

Mana, test natijalariga nazar solamiz:

Ko‘rib turganingizdek, Exynos 9810 protsessorli Galaxy Note 9 yakka adroli testda 2737 ball, ko‘p yadroli sinovda esa 9064 ball olib, rekord natija ko‘rsatgan! Uning Snapdragon 845 protsessoriga tayanuvchi talqini esa Geekbench’da undan birmuncha past – tegishlicha 2190 va 8806 ochko to‘plagan edi.

O‘QING: Samsung ham shoshib qoldi: Galaxy Note 9 allaqachon benchmarkda «ko‘rindi»!

Demak, janubiy koreyaliklar yana bir bor jahon ahlini hayratga solishga tayyorgarlik ko‘rishmoqda. Bu boradagi yangiliklarni biz bilan birga kuzating.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.