Samsung o‘z «aqlli» soatlarini arzonlashtirdi

  •   DiMaX
  •  3245
  •  27.08.2018 11:23

Samsung o‘z «aqlli» soatlarini arzonlashtirdi

Janubiy koreyalik texnogigant joriy oyning boshida Samsung Galaxy Watch smart-soatlarini taqdim etgan edi. AQShda allaqachon ushbu gadjetlar savdosi boshlangan, ishlab chiqaruvchining vatanida esa ular avgustning oxirida, qolgan ko‘plab mamlakatlarda esa 14 sentyabrdan sotuvga chiqariladi.

O‘QING: Samsung Galaxy Watch: «aqlli» soatlarning uchinchi avlodi, bir quvvat olsa 80 soat ishlaydi

Shu bilan birga, Samsung kompaniyasi o‘zining Samsung Gear S3 smart-soatlar turkumi (Gear S3 Classic, Gear S3 Frontier va Gear Sport) narxlarini pasaytirdi.

Samsung Gear S3 Classic hamda Gear S3 Frontier modellari endi 270 AQSh dollari narxida taklif etilmoqda. Gear Sport rusumli smartvotch esa 250 dollarga sotilishi ma’lum qilingan. Ammo ushbu chegirma LTE moduli bilan ta’minlangan modellarga tatbiq etilmaydi.

Aytish kerakki, Terashop.uz onlayn do‘konimizda ham ayrim modellardagi smart-soatlar sotilmoqda.

O‘QING: Ko‘rinmas displeyli ilk «aqlli» soatlar

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!