Samsung o‘z rekordini yangiladi: Galaxy A smartfonlari zo‘r ketyapti!

  •   DiMaX
  •  4182
  •  15.05.2019 17:13

Samsung o‘z rekordini yangiladi: Galaxy A smartfonlari zo‘r ketyapti!

Bundan roppa-rosa bir oy avval Samsung kompaniyasi yangilangan Galaxy A turkumi smartfonlarining Hindistondagi rekordini e’lon qilgan edi. Dastlabki 40 kun ichidayoq ulardan ikki milliontasi sotilgan va ulardan 500 million dollarlik savdo qilingan – bu esa mazkur sohadagi barcha brendlar o‘rtasidagi rekorddir.

O‘QING: Galaxy A smartfonlari taqdimotdan ikki oy o‘tiboq arzonlasha boshladi!

Oradan yana bir oy o‘tib ham «fillar mamlakati»da Galaxy A smartfonlariga bo‘lgan talab pasaygani yo‘q. Aksincha, Samsung navbatdagi rekordni e’lon qildi: 70 kun ichida o‘rta narxli turkumdan 5 million dona smartfon sotilibdi. Ular birgalikda janubiy koreyalik kompani uchun jami 1 milliard dollarlik savdoni ta’minlab bergan.

Samsung yangilangan Galaxy A seriyasidagi smartfonlarning Hindistondagi savdosini yil oxirigacha 4 milliard dollarga yetkazmoqchi. Agarda narxlar hozirgi holatida bo‘lib tursa, bu – yil so‘ngigacha taxminan 20 million smartfon sotilishi kerak, deganidir.

Eslatib o‘tamiz, Samsung kompaniyasining turli rusumlardagi telefonlarini Terashop.uz internet-do‘konimizdan 451 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlar evaziga sotib olish imkoni bor.

O‘QING: Galaxy S10+ 5G bilan bellashuvchi Galaxy A70 ham Terashop.uz’ga yetib keldi! Samsung smartfonlari narxlari (2019 yil 7 may)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!