Samsung parollarni tiklashning dohiyona usulini topdi: kaft skanerini qarshi olamiz!

  •   DiMaX
  •  1962
  •  01.12.2017 17:47

Samsung parollarni tiklashning dohiyona usulini topdi: kaft skanerini qarshi olamiz!

Garchi janubiy koreyalik texnogigantning flagman smartfonlari shaxsni aniqlash usullarining soni bo‘yicha bozordagi qurilmalar orasida yetakchi bo‘lsa-da, Samsung bu bilan to‘xtab qolmoqchi emas. U endi kaft chiziqlarini skanerlash orqali foydalanuvchi shaxsini aniqlash usuli ustida ishlamoqda, deb yozadi AndroidInsider nashri.

O‘QING: Galaxy S9’ga boshqa smartfonlarda umuman bo‘lmagan bir datchik ham qo‘shiladi

Butunjahon intellektual mulk tashkiloti rasmiy saytidagi materiallarga ko‘ra, Seulda yangi usulni smartfonlarga tatbiq etish borasida izlanish olib borilmoqda. Quyidagi surat ham buning bir isbotidir:

Xabarga ko‘ra, kaftdagi chiziqlarga qarab foydalanuvchining shaxsini aniqlash usuli smartfonni blokdan chiqarishda yetakchi usul sifatida joriy etilmaydi. Qurilmaning asosiy kamerasi hamda «aqlli» algoritmlarga tayanuvchi mazkur texnologiya faqat esdan chiqarilgan parollarni tiklashdagina qo‘llanadi. Shu tariqa, parolni tiklashni so‘rayotgan kishining shunchaki tasodifan yoki g‘araz niyat bilan smartfonni qo‘lga kiritgan shaxs emas, balki uning haqiqiy egasi ekanligi aniqlanadi.

O‘QING: Android uchun «dunyodagi eng zo‘r» yuzni tanish tizimi Rossiyada yaratildi

Agarda kaft skaneri texnologiyasi amalda qo‘llanadigan bo‘lsa, u endi Samsung’ning nafaqat flagmanlarida, balki hatto hamyonbop smartfonlarida ham joriy etilishi mumkin. Zero, tannarxiga ta’sir etishini hisobga olib, kompaniya hozirda bunday qurilmalarni barmoq izi skaneri bilan ta’minlamayapti. Yuqorida ta’riflangan usul esa qo‘shimcha datchiklar o‘rnatmagan holda smartfondagi shaxsiy ma’lumotlarning daxlsizligini ta’minlashga imkon beradi.

O‘QING: Samsung Galaxy S9 va S9+ taqdimotiga oz qoldi, kutilmagan tafsilotlar bilan tanishing!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!