Samsung qayishqoq displeyli ilk planshetni patentladi – uni har ikki tomonga ham buklash mumkin!

  •   DiMaX
  •  429
  •  24.10.2018 18:10

Samsung qayishqoq displeyli ilk planshetni patentladi – uni har ikki tomonga ham buklash mumkin!

Ayni damda ko‘plab smartfonsozlar egiluvchan ekranli buklanuvchi telefon yaratish ustida ishlayotganidan xabaringiz bor. Janubiy koreyalik gigant esa allaqachon shunaqa qurilmasining namoyishiga taklifnoma ham tarqatgan.

O‘QING: Nihoyat, Samsung qayishqoq displeyli buklama smartfon taqdimotiga taklif etyapti! (+video)

Bundan tashqari, Samsung Display kompaniyasi buklama ekranli planshet uchun ham patent olganligi fosh bo‘lib qoldi. Tegishli patent arizasi Butunjahon intellektual mulk tashkilotiga joriy yilning aprelida topshirilgan, patentni esa 11 oktyabrda berishgan.

Patentda aks ettirilgan qurilmani qoq o‘rtasidan har ikki tomoniga bukish mumkin. Ya’ni, buklangan holatida devaysning ekrani uning ichida bo‘lishi ham, tashqarisida qolishi ham mumkin. Foydalanuvchi interfeysi esa to‘liq ekranga ham, uning yarmida ham moslashib ishlayveradi.

Shuningdek, yaqinda Janubiy Koreyada o‘tkazilgan noutbuklar taqdimotida Samsung’ning marketing bo‘yicha vitse-prezidenti qiziq gap aytgan. Unga ko‘ra, kompaniya allaqachon qayishqoq ekranli noutbuklar ustida ham ishlamoqda!

Bizning Terashop.uz internet-do‘konimizda esa qulay narxlarda, O‘zbekiston bo‘yicha yetkazib berish xizmati bilan turli planshetlar va noutbuklar savdosi ham yo‘lga qo‘yilgan.

O‘QING: Lenovo, ASUS, HP, Acer va Dell noutbuklarining Terashop.uz’dagi narxlari (2018 yil 23 oktyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul eltib beriladi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!