Samsung smartfoni yana portladi

  •   Saroy
  •  1559
  •  12.06.2018 16:18

Samsung smartfoni yana portladi

Samsung kompaniyasi smartfonlarining portlash tarixi kelgusida ham davom etadiganga o‘xshaydi. Detroytlik foydalanuvchi ayol may oyida yonib kulga aylangan avtomobili uchun aynan Samsung samrtfonini ayblamoqda.

ABC News

ABC News tarqatgan manbada aytilishcha, ayol mashinasida ketayotgan bo‘lgan. Uning ikkita telefoni — Samsung Galaxy S4 hamda Galaxy S8 mashina salonidagi  stakan qo‘yiladigan joyda bo‘lgan. Ma’lum vaqt o‘tgandan so‘ng jabrlanuvchi chaqnoq va uchqunni ko‘rgan, shundan keyin yong‘in boshlangan. Ayol mashinani yo‘l chekkasida to‘xtatib, tashqariga  qochib chiqqan. Natijada transport to‘liq yonib ketgan,  Nissan Maxima’dan faqat karkas qolgan, xolos. 

O‘QING: Galaxy S9 va S9+ smartfonlari iPhone X’ni ortda qoldirdi

Mashina egasining ishonch bilan ta’kidlashicha,  yong‘in  smartfonning portlashi natijasida kelib chiqqan. To‘g‘ri, u  aynan qaysi model portlaganini bilolmagan. Uning  advokati Djerald Tursvellning aytishicha, ushbu voqeadan keyin mijozi stress holatiga tushib qolgan va uyqusida ham muammo orttirib olgan.

Advokat kompaniya vakillari bilan telefon orqali bog‘langan va  bo‘lib o‘tgan voqea haqida gapirib bergan. «Biz Samsung bilan bog‘landik, ular avtomobilni hamda smartfon qoldiqlarini o‘rganish uchun mutaxassislarini jo‘natishdi.

Ayni paytda Samsung tergovga  berilmagan, chunki yong‘inning haqiqiy sababchisini hozircha hech kim aytolmaydi.

O‘QING: Galaxy S10 biror smartfonda yo‘q jihatga ega bo‘ladi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.