Samsung smartfonini kompyuter orqali qanday yangilaymiz?

  •   Saroy
  •  2664
  •  14.05.2018 15:53

Samsung smartfonini kompyuter orqali qanday yangilaymiz?

Ba’zan  Samsung Galaxy smartfonini yangilashda muammo paydo bo‘ladi. Dastur ta’minotining yangi versiyasi ayrim qurilmalarga to‘g‘ri kelmaydi va bunday muammoga ko‘plab foydalanuvchilar duch kelishadi. Hatto shunday bo‘lishi mumkinki, telefonda internet bo‘lmaydi yoki juda cheklangan bo‘ladi, shu bois OTA -yangilanishni qabul qilolmaydi.

 Yaxshiyamki, Janubiy Koreya kompaniyasi qulay dasturni taklif qilgan, u  Smart Switch, deb ataladi va  u Android-smartfoningizga proshivkaning so‘nggi versiyasini o‘rnatib beradi.  

O‘QING: Galaxy A5 – «Malika»da eng ko‘p sotilayotgan, o‘rta narxdagi Samsung

Hozir biz Samsung Galaxy’ni kompyuter orqali qanday qilib to‘g‘ri yangilash yo‘lini ko‘rsatamiz.

Smart Switch dasturini o‘rnating, kompaniyaning rasmiy saytidan yuklab olib (Windows uchun ham, macOS uchun versiyasi bor), smartfonni kompyuterning  istalgan  bo‘sh  USB-portiga qo‘shing. (PK internetga qo‘shilgan bo‘lishi kerak) Shundan keyin, Smart Switch qurilmaning modelini ko‘radi va aniqlaydi, u Samsung serveriga qo‘shiladi. Bu shuning uchunki, o‘rnatilgan proshivkaning yangi versiyasi bor-yo‘qligini bilish uchun qilinadi.

Agar yangilanish bor bo‘lsa, ushbu dastur oynasining markazida shunga mos ravishda yangi PO to‘plamini yuklash va o‘rnatish uchun eslatma hamda “Obnovit” tugmasi paydo bo‘ladi. Shundan keyin Smart Switch proshivka faylini yuklay boshlaydi, keyin uni telefonga o‘rnatadi (siz shunchaki navbatdagi yo‘riqnomani kuzatib boring)

Bu jarayonda qurilma o‘chadi va qayta yoqiladi, mazkur jarayonni kuzatib borishingiz mumkin. Jarayon tomom bo‘lganidan keyin sizning Samsung smartfoningiz avtomat tarzda qayta qo‘shiladi va ishlashga tayyor bo‘ladi.

O‘QING: Galaxy Note 8: reklama bukleti hammasini fosh qildi

E’tibor qarating: Samsung’da har bir yangilanish yoki Android’ni o‘rnatishdan keyin smartfonni zavod sozlagich holatiga keltirishni maslahat beradi. Bu dasturiy ta’minotda uzilishni bartaraf etish uchun qilinadi. Jarayon davomida telefondagi barcha ma’lumot o‘chirilishi kerak. Shu bois, kerakli ma’lumotlarni zaxiraga nusxalab qo‘ysangiz maqsadga muvofiq bo‘ladi.  

Agar dasturiy ta’minotning yangi versiyasi yo‘q bo‘lsa, u holda sizning modelingizda paydo bulgunga qadar kutib turishingizga to‘g‘ri keladi.

 

Manba:  galaxy-droid.ru

 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.