Samsung stilusli Galaxy Tab A (2016) planshetini taqdim etdi

Samsung stilusli Galaxy Tab A (2016) planshetini taqdim etdi

Samsung kompaniyasi kuni kecha Janubiy Koreyada stilusli Galaxy Tab A (2016) planshetini namoyish qildi. Albatta, bunday holat biroz noodatiyligini siz ham sezgan bo‘lsangiz kerak. Sababi S Pen stilusi, odatda, kompaniyaning Note seriyasida bo‘lar edi.

Texnik parametrlari bo‘yicha yangi planshet Galaxy Tab A (2016) planshetidan katta farq qilmaydi, biroq unga 3 GB tezkor xotira o‘rnatilgan. Korpus ham biroz yirikroq shaklga ega.

Planshet 4G qo‘llovi bilan yoki oddiy 3G versiyada sotuvga chiqariladi. Komplektga chexol-kitob – maxsus podstavka ham kiritilgan.

samsung_galaxy_tab_a_2016_with_s_pen_2_resize

Stilusli Galaxy Tab A (2016) sakkiz yadroli Samsung Exynos 7870 protsessori yordamida va Android 6.0 Marshmallow versiyasida ishlaydi. Ekranning kattaligi – 10,1 dyuym (1920-1200 piksel aniqlikda), unga 8 MPli asosiy va 2 Mpli old kamera o‘rnatilgan. Doimiy xotiraning hajmi – 32 GB, yana microSD-karta yordamida xotira hajmini oshirish mumkin. Akkumulyator sig‘imi – 7300 mA/st. Planshet og‘irligi –  558 g.

Planshet narxi haqida hozircha ma’lumot berilmagan.