Samsung to‘liq o‘rama displeyli smartfon patentladi

  •   DiMaX
  •  1520
  •  02.12.2017 15:16

Samsung to‘liq o‘rama displeyli smartfon patentladi

2014 yilning sentyabr oyida Samsung o‘zining Note Edge – cheti qayrilgan displeyli fabletini taqdim etgan edi.  Mazkur texnologiya foydalanuvchilarga ma’qul keldi va oradan uch yil o‘tib, kompaniya o‘z flagmanlariga faqat shunday ekranni joriy eta boshladi.

O‘QING: Samsung inqilobiy smartfonini bilakka taqiladigan qilmoqchi

Janubiy koreyalik texnogigantning displey borasidagi navbatdagi texnologiyasi to‘liq aylanma ekranga ega smartfonlar yaratish imkonini beradi. Intellektual mulk butunjahon tashkiloti ma’lumotlar bazasida Samsung’ning o‘raladigan displeyi hujjatlari topildi, deb yozadi LetsGoDigital.

Mana, patent hujjatlari orasidagi rasmlarga o‘zingiz bir e’tibor bering-da:

O‘QING: Bukiluvchan Samsung Galaxy X haqiqiy eksklyuziv bo‘ladi

Ko‘rib turganingizdek, suratlarda butunlay buklama displey aks ettirilgan. Uning asosiy o‘ziga xosligi – to‘lig‘icha o‘rab qo‘yish mumkinligidir.

Samsung patentlarida mazkur displeyni yaratishda qo‘llanadigan materiallar haqida ma’lumot berilmagan. Shuningdek, bunaqa ekranli smartfon qo‘ldan tushib ketganida yoki biror qattiq jismga urilganida nima bo‘lishi ham hozircha noma’lum.

O‘QING: Apple «raskladushka» iPhone chiqarmoqchi, ammo Samsung’dan cho‘chiyapti

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!