Samsung va Xiaomi yaqin hamkorlarga aylanishdi

Samsung va Xiaomi yaqin hamkorlarga aylanishdi

Xiaomi shu kunlarda Mi Mix 2S flagmanini taqdimotga tayyorlash bilan band. Bu flagman 27 mart kuni namoyish qilinadi. Xiaomi Mi7 modelining taqdimoti esa noma’lum muddatga qoldirilgan. Taxminlarga ko‘ra, bu model ham iyunga qolmay namoyish qilinadi.

Bugun esa ishonchli insayderlar Samsung va Xiaomi yirik bitim imzolashgani to‘g‘risida e’lon berdilar. Unga ko‘ra koreyalik smartfonsoz o‘zining xitoylik raqibining yuqoridagi flagmanlari uchun OLED‑panellari yetkazib beradi.

Ma’lumotlarga qaraganda, hamkorlik 2017 yildayoq boshlab yuborilgan va bugungi kunga qadar 1,1 mln. dona ekran matritsasi yetkazib berilgan, joriy yilda Koreyadan yana 2,4 mln. dona ekran xarid qilinadi.

Displeylarning o‘lcham diagonali 6,01 dyuym. Ularning iPhone X flagmanidagi kabi maxsus OLED‑panel bo‘lish-bo‘lmasligi xususida aniq bir ma’lumot yo‘q.

Xiaomi Mi7 flagmanida OLED‑panelning tatbiq etilishi ularda "Always on Display" funksiyasining, ya’ni ekranning muntazam faol qismi bo‘lishidan dalolat. Snapdragon 845 platformasi, 6/8 Gb operativ xotira, 3170 mA soat sig‘imli batareyaga ega bo‘ladigan flagman qiyofani taniydigan murakkab texnologiya bilan ta’minlanadi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.