Samsung yana bir yangi 200MP kamera sensorini taqdim qildi

Samsung yana bir yangi 200MP kamera sensorini taqdim qildi

Galaxy S23 taqdimotiga sanoqli kunlar qolgan bir paytda, Samsung yana bir yangi 200MP kamera sensorini taqdim qildi. Bu safargisi ISOCELL HP2 deb nomlanadi. U 1/1.3 dyuymli va 0,6 mikrometrli (mkm) piksellar o'lchamiga ega bo'lib, katta ehtimol bilan tez kunda taqdim qilinishi kutilayotgan Galaxy S23 Ultra smartfonining asosiy kamerasi bo'ladi.

Albatta, yuqori sifatli tasvirlar olish katta raqamli piksellarga bog'liq emas. "Megapiksellar poygasi"ning ushbu bosqichida hammasi piksellarning qanday birlashtirilishiga bog'liq. Samsung bunda Tetra2pixel texnologiyasidan foydalanadi. Bunda sensor kam yorug'li muhitlarda 4 tadan 16 tagacha bo'lgan qo'shni piksellarni bir-birga birlashtirish orqali 1.2μm 50 MP yoki 2.4μm 12,5 MP sensorga aylanadi. To'liqroq 8K formatida video tasvirlar olish uchun esa, sensor ko'proq sahnani suratga olish uchun taxminan 33MP'dan 1.2μm 50MP rejimiga o'tadi.

Yangi sensorning yana bir afzalligi avtofokus yaxshilanganidadir. Galaxy S23 Ultra kam yorug'likda avtofokus uchun 200 megapikselli kamera sensorining "barcha 200 million pikselidan" foydalanishi mumkin.

Aytish kerakki, bu Janubiy Koreya kompaniyasi ishlab chiqarayotgan yagona 200MP kamera sensori emas. Bundan avval Samsung o'zining ISOCELL HP1 sensorini chiqargan edi va bugungi kunda u bir nechta smartfonlarda topiladi.

O'QING: Galaxy S22 Ultra bilan suratga olingan film treylerini chiqarildi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!