Samsung yangi flagmanlarini uch kunga ijaraga beryapti!

  •   DiMaX
  •  855
  •  20.01.2021 13:17

Samsung yangi flagmanlarini uch kunga ijaraga beryapti!

Janubiy Koreya fuqarolari eng oxirgi chiqqan yangi Samsung Galaxy S21 flagmanlarini uch kungacha ijaraga olib turishlari mumkin. Qiziquvchilar arzimas mablag‘ evaziga ushbu turkum smartfonlar bilan yaxshilab tanishish imkoniga ega bo‘lishadi, deb yozadi Xabar.uz nashri.

O‘QING: Samsung Galaxy S21 va Galaxy S20 smartfonlari o‘rtasidagi farqlar bilan tanishamiz

Kompaniya ushbu yangicha marketing yurishi orqali smartfonlar savdosini yanada tezlatib yuborishdan umid qilayotganini sezish qiyinmas.

Galaxy To Go nomi ostidagi ushbu ijara-servis muddati tugagach, mijozlar kompaniyadan sovg‘alar olishlari, qimmatbaho yutuqlarga ega bo‘lishlari mumkin. Sovg‘alar — simsiz quvvatlash qurilmalari, hatto Galaxy Book Flex 2 va Galaxy Tab S7+ yoki besh yulduzli mehmonxonada yashash imkoniyati.

Yangi flagmanlar Samsung kompaniyasi Janubiy Koreya bo‘ylab ochgan 200 dan ziyod lokatsiyada ijaraga berilyapti.

O‘QING: 15 xil Samsung smartfoniga Android 11 bazasidagi OneUI 3.1 proshivkasi keladi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.