Samsung yangi – One UI grafik qobig‘ini chiqardi, lekin uyam hamma uchun emas... (+«jonli» videolar)

  •   DiMaX
  •  1733
  •  09.11.2018 17:42

Samsung yangi – One UI grafik qobig‘ini chiqardi, lekin uyam hamma uchun emas... (+«jonli» videolar)

Kuni kecha Samsung Developer Conference anjumanida Samsung dasturchilari kompaniyaning smartfonlari uchun tayyorlangan yangi grafik qobiqni taqdim etishdi. Android operatsion tizimiga asoslangan mazkur dasturiy ta’minot Samsung One UI deb nomlangan.

O‘QING: UZOQ KUTILGAN VIDEO: Nihoyat, Samsung qayishqoq ekranli buklama smartfonini namoyish etdi!

Aytish kerakki, ayni damda ushbu kompaniyaning barcha mobil qurilmalarida Samsung Experience grafik qobig‘i qo‘llanadi, undan avval esa TouchWiz ishlatilgan.

Yangi grafik qobiq yanada minimalistik ko‘rinish olgan, uni tayyorlashda dasturchilar Android va iOS tizimlaridan ilhom olganlari namoyon bo‘lib turibdi. Uning asosiy yangiliklaridan biri Focus Blocks funksiyasi bo‘lib, u interfeysning turli ob’yektlarini bloklarga guruhlab qo‘yish imkonini beradi.

Quyidagi lavhada Samsung One UI grafik qobig‘ining ishlashini «jonli» ko‘rish mumkin:

Bundan tashqari, Samsung One UI zamonaviy – katta ekranli smartfonlarning cho‘zinchoq displeylariga ham moslangan. Foydalanuvchilar gadjetni bitta qo‘lda boshqarishlari oson bo‘lishi uchun ekran shartli tarzda ikkita: tomosha qilinadigan va boshqariladigan qismlarga ajratilgan. Masalan, chertish shart bo‘lmaydigan ma’lumot, surat yoki matn yuqori qismda; klaviatura, «Ulashish» tugmachasi va boshqa jihozlar esa – pastki qismda joylashadi.

Shuningdek, hozirda urfga kirgan «tungi rejim» – to‘qrang interfeys ham Samsung One UI’da ko‘zda tutilgan.

Yangi grafik qobiqqa asoslangan proshivka keyingi yilning boshida chiqadi. Lekin shu oyning o‘zidayoq Android 9 Pie bazasidagi One UI beta-sinovi boshlanadi. Unda ayrim mamlakatlardagi Galaxy S9, Galaxy S9+ va Galaxy Note 9 foydalanuvchilarigina ishtirok etishlari mumkin. Ushbu grafik qobiqqa tayangan ilk yakuniy proshivka Galaxy S10 flagmaniga taqdim etilsa kerak.

O‘QING: Muhim texnologiyadan mahrum etilayotgan Galaxy S10 dizaynini rasmiy proshivka «sotib qo‘ydi»

Afsuski, o‘tgan yilgi Galaxy S8, S8+ hamda Note 8 flagmanlari va undan avvalgi Samsung smartfonlari uchun One UI grafik qobig‘idagi proshivka chiqmaydi.

Mana, Samsung One UI ishlashini namoyon etuvchi yana bitta videoni tomosha qilamiz:

Eslatib o‘tamiz, hozirgacha savdoga chiqqan ko‘plab modellardagi boshqa Samsung smartfonlarini 899 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan onlayn buyurtma bilan xarid qilishingiz mumkin.

O‘QING: Terashop.uz’da Samsung smartfonlari narxlari (2018 yil 7 noyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul eltib beriladi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!