Samsung yangi reklamasida yana iPhone ustidan kuldi

  •   DiMaX
  •  3922
  •  18.05.2018 11:47

Samsung yangi reklamasida yana iPhone ustidan kuldi

Turli kompaniyalar o‘zlarining yangi mahsulotlarini reklama qilayotib, raqobatchilarini masxara qilishlari holatlari uchrab turadi. Xususan, yetakchi smartfonsozlar orasida ham bu hol ko‘p kuzatilmoqda.

O‘QING: Huawei o‘z flagmani reklamasi bilan Samsung va Apple’ni masxara qilmoqda

Samsung kompaniyasi Galaxy S9+ flagmani uchun tayyorlagan «Olg‘a harakatlan» nomli reklama roligini e’lon qildi. Uning syujetida bosh qahramon bo‘lgan qiz o‘zining iPhone 6 smartfoni sababli muttasil muammolarga duch kelaveradi. Dastlab undagi ilova samolyotning talonini uzoq vaqtda ochadi, so‘ng parvoz payti smartfonida film tomosha qilolmaydi, yetib borganidan keyin Uber ilovasi ochilmay, adashib boshqa taksiga o‘tiradi... Uning muammolari bilan yonma-yon tarzda, boshqalarning Galaxy smartfonlari xuddi shu vazifalarni bemalol uddalab ketayotgani ko‘rsatiladi.

Keyin esa qiz Apple Store do‘koniga kiradi va ayfon muammolaridan shikoyat qiladi. Maslahatchi unga iOS 11.3 talqinida paydo bo‘lgan funksiya – iPhone’ning sekinlashtiruvini uzib qo‘yishni yoki smartfonni yangisiga almashtirishni tavsiya etadi. Shu tariqa, Samsung kompaniyasi eskirgan ayfonlarda akkumulyator quvvatini tejash uchun smartfonni atay sekinlashtirish haqidagi Apple qarori ustidan kulgan.

O‘QING: Apple 20 yil avval raqiblari ustidan qanday kulgandi? (3 ta video)

Mana, rolikni birga tomosha qilamiz:

Guvohi bo‘lganingizdek, lavha yakunida bu qiz do‘kondan chiqib kelib, qo‘lida Galaxy S9 Plus bilan divanga o‘tiradi va uni zavqlanib ishlata boshlaydi. Shuningdek, bu syujet orasida qo‘lida bola ko‘targan yigit ham ko‘zga tashlanadi – sochini kupertinoliklarning superflagmani ekranidagi «kemtik» tarzida oldirgan bu yigit Samsung’ning avvalgi masxaraomuz reklama roligida iPhone X xarid qilish uchun navbatda turgan edi.

O‘QING: Samsung ham iPhone foydalanuvchilarini masxara qildi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!