Samsung yonib ketgan Galaxy S7 Edge o‘rniga foydalanuvchiga yangi Galaxy S9 savg‘a qildi

  •   Saroy
  •  1014
  •  24.09.2018 17:34

Samsung  yonib ketgan Galaxy S7 Edge o‘rniga foydalanuvchiga yangi  Galaxy S9 savg‘a qildi

Bundan avval bir ayolning sumkasida  Samsung Galaxy Note9 portlab ketgani haqida yozilgan edi. Hayriyatki bu yagona hodisa bo‘lgandi. Ammo yaqinda xuddi shunga o‘xshash voqea Samsung Galaxy S7 Edge bilan ham sodir bo‘ldi.   Smartfon hech bir sababsiz  yonib ketdi va portladi. Qurilma sohibining cho‘ntagida bo‘lgan, u smartfon osilib qolganda suratga olmoqchi bo‘ldi. Smartfon egasi uni stol ustiga qo‘ydi, shundan keyin ikki soniya o‘tmasdan gadjet yona boshlagan.

O‘QING:Samsung uchta Galaxy S10 versiyasida Android 9 Pie’ni sinab ko‘rdi

Boshda mahalliy Samsung servisi foydalanuvchiga yordam berishdan bosh tortgan, chunki kafolat muddati tugagandi. Ammo foydalanuvchi Samsung’ning mijozlar xizmati bilan bog‘langan va natijada yonib ketgan yettilik o‘rniga yangi  Galaxy S9 oldi. Shuningdek, mijozlar xizmati ijtimoiy tarmoqlardan yongan qurilma suratini olib tashlashni iltimos qilgan. Xizmat vakillarining aytishicha, rasmlarni olib tashlash shuning uchun so‘ralganki, boshqa foydalanuvchilar ham rasmdan foydalanib smartfoni yonib ketgani haqda bayonot berishi va tavon so‘rashi mumkin.

O‘QING:Samsung’ning «uch ko‘zli» ilk smartfoni – Galaxy A7 (2018) taqdim etildi!