Samsung Z2 Hindistonda 23 sentyabr kuni taqdim etiladi

Samsung Z2 Hindistonda 23 sentyabr kuni taqdim etiladi

Janubiy Koreyalik gigant keyingi oyda Hindistonda o‘zining Tizen platformasida ishlaydigan modelining keyingi avlodini namoyish qiladi. Smartfonning nomi – Samsung Z2. Kompaniya o‘tgan yili xuddi shu mamlakatda Samsung Z3 taqdimotini o‘tkazgan edi.

Samsung kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan operatsion tizimda ishlaydigan ushbu smartfon 4 dyuymli AMOLED ekran, 1 GB tezkor xotira vaikkita SIM kartaga mo‘ljalangan slotga ega bo‘lishi aytilmoqda. Shuningdek, model 4G VoLTE standartida ham ishlaydi. Smartfon transport boshqaruvi paytida ahamiyatli bo‘lgan S Bike Mode rejimini qo‘llab-quvvatlaydi.

Samsung Z2 modelini Hindiston, Bangladesh, Nepal, Shri-Lanka, Indoneziya, Janubiy Afrika, Nigeriya va Keniya bozorlarida sotish rejalashtirilgan. Tizen operatsion tizimida ishlaydigan ushbu seriyadagi smartfonlar odatda o‘rtacha texnik parametrlarga ega bo‘lib, asosan arzon telefonlarga ehtiyoj mavjud bo‘lgan mamlakatlarda sotilmoqda.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!