SanDisk 1 terabaytli SD-karta chiqaradi

SanDisk 1 terabaytli SD-karta chiqaradi

So‘nggi vaqtlargacha eng yirik sig‘imli SD-karta 512 gigabaytni tashkil qilar edi. Endilikda esa SanDisk tomonidan taqdim etilgan SD-kartada 1 terabaytgacha ma’lumotni saqlash mumkin. Bir terabaytli SanDisk SDXC xotira kartasi Kyoln shahrida o‘tkazilgan Photokina ko‘rgazmasida namoyish etilgan. Bunday yirik sig‘imli xotira kartasi 4K va 8K formatidagi videolar yoki 360 gradusli roliklarni yozadigan foydalanuvchilarga asqotishi mumkin.

“Biz tasvir bilan bog‘liq eng so‘nggi texnologiyalarni taqdim etishdan bag‘oyatda xursandmiz”,- deydi Content Solutions, Western Digital vitse prezidenti Dinesh Baxal. –“Bundan 16 yil muqaddam biz 64 MB xotira sig‘imiga ega ilk SanDisk SD kartalarini tanishtirgan edik, bugun esa 1 TB sig‘imli karatalarni ishlab chiqarmoqdamiz”.

“Bundan bir necha yillar avval 1TBli xotira kartalari o‘ta futuristik g‘oyaday tuyulardi, bugun bo‘lsa biz ushbu g‘oyaning haqiqatga aylanganini ko‘rmoqdamiz. Bunday katta xotirali kartalar yuqori sifatli videolarni suratga olishda yordam berishi tabiiy”,- deb ta’kidlagan Sem Nikolson, Stargate Studios ijrochi direktori, AQSh kinomatograflar uyushmasi a’zosi.

Hozircha ushbu karta sotuvga chiqarilmagan. Kartaning narxi haqida ham ma’lumot berilmagan, biroq bunday yirik sig‘imli karta qimmat turishini taxmin qilish mushkul emas.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!