«Sayyora ovchilari»: TESS Yerga o‘xshash ikkita sayyorani kashf etdi

  •   Saroy
  •  871
  •  21.09.2018 15:09

«Sayyora ovchilari»: TESS Yerga o‘xshash ikkita sayyorani kashf etdi

Bundan bir necha kun avval kosmik agentlik “sayyora ovchilari” tomonidan janubiy yarim sharda yuz minglab yulduzlarni aniqlab olingan ilk fotosuratini namoyish qildi. Taxminan o‘sha paytda TESS o‘zining birinchi sayyorasini topishga muvaffaq bo‘lgan. U Pi Mensae (π Men) yulduzlari atrofida aylanayotgan super-Yer bo‘lib, bizning sayyoramizdan 60 yorug‘lik yiliga teng masofada joylashgan.

Tekshirib ko‘rilib, ma’lumotlar aniqlangach, yangi  super-Yer, ya’ni  «π Men c» deb nom berilgan sayyora, TESS’ning yashash mumkin bo‘lgan sayyoralarni qidirish bo‘yicha olib borayotgan ikki yillik missiyasidan keyin rasman birinchi kashfiyoti sifatida e’lon qilinadi. Yangi ekzosayyoraning orbital davri 6,3 kunni tashkil etadi.

O‘QING:Koinot shaxtyorlari: AQShda yangi kasb paydo bo‘lmoqda

Ikkinchi topilma ham juda qisqa orbital davrga ega bo‘lgan sayyora bo‘lib chiqdi va u M-karlik LHS 3844 tizimida harakatlanmoqda. Bu yulduz bizga Pi Mensae’ga qaraganda yaqinroq, ungacha bo‘lgan masofa  “atigi” 49 yorug‘lik yilini tashkil etadi, orbital davri esa 11 soatdan iborat.

Endi ushbu yangi ma’lumotlar ekzosayyoralar ro‘yxatini to‘ldirish va TESS’ning 2019 yil yanvarda chiqadigan  hisoboti olidan rasman tasdiqlanishi lozim.  

O‘QING:125 milliard dollarlik loyiha: sayyohlar koinotga liftda olib chiqiladi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!