Sayyoramizning eng boy odami 2019 yilgi ushbu beshta kitobni tavsiya etdi

  •   DiMaX
  •  1666
  •  17.12.2019 17:27

Sayyoramizning eng boy odami 2019 yilgi ushbu beshta kitobni tavsiya etdi

Yangi yil bayrami arafasida sayyoramizning eng boy insoni, Microsoft korporatsiyasi asoschisi Bill Geyts, odatdagidek, o‘z nuqtai nazari bo‘yicha o‘tayotgan yildagi eng yaxshi kitoblar nomlarini e’lon qildi. Bu haqda Forbes ma’lumotiga tayanib «Xalq so‘zi» nashri xabar berdi.

O‘QING: Pentagon bilan shartnoma tuzib, Bill Geyts yana dunyoning eng boy kishisiga aylandi!

Biznesmen o‘qib chiqqan kitoblari ichida Tayari Jonsning qora tanli juftlik haqida hikoya qilinadigan «Amerikacha nikoh» romanini eng yaxshisi, deya e’tirof etdi.

– Bu tarix mavzuning og‘irligiga qaramasdan, sizni o‘ziga «yutib» yuboradi, – deya ishontiradi Geyts.

Uning ro‘yxatidan yana Jill Leporning AQSh tarixiga oid «Bu haqiqatlar», Vatslav Smitning Yer kurrasi kelajagi haqida so‘z yuritilgan «O‘sish» va Diana Tavennerning «Tayyor» asarlari joy olgan. E’tiborlisi, «Tayyor» kitobi farzandlarini baxtli qilishga o‘rgatish yo‘lida tashvishlanib yurgan ota-onalar uchun qo‘llanmadir.

Geyts yana Metyu Uokerning «Nima uchun biz uxlaymiz?» asarini ajratib ko‘rsatgan. U bu haqida gapira turib, ilgari uxlashdan qochgani, sababi buni yalqovlik belgisi deb hisoblab yurganini eslaydi. Ishbilarmon kitob uni ushbu odatini qayta ko‘rib chiqib, o‘zgartirishga majbur qilganini bildirgan.

Ma’lumot uchun, yaqindagina Microsoft korporatsiyasi Pentagon bilan shartnoma tuzishga erishgach, Bill Geytsning boyligi 110 milliard dollarga yetgan. Shartnoma uchun harakat qilayotgan Amazon bo‘sh qo‘l bilan qolib, uning aksiyalari deyarli 2 foizga arzonlashgan, rahbari Jeff Bezos sarmoyasi esa 108,7 milliard dollargacha kamaygan.

O‘QING: Dunyoning eng boy odami kompaniyasi bankrot bo‘lishini bashorat qildi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!