Sberbank xodimlarning bir qismini robotlar bilan almashtirmoqchi

  •   Saroy
  •  545
  •  18.07.2018 11:42

Sberbank xodimlarning bir qismini robotlar bilan almashtirmoqchi

Rossiyaning eng yirik banklaridan biri Sberbank xodimlarning bir qismini robotlarga almashtirishi mumkin. Bu haqdaa RIA Novosti axborot nashri Sberbank robotexnika laboratoriya rahbari Albert Yefimovga tayanib ma’lum qildi.

Darvoqe, Yefimovning ta’kidlashicha, robotlarni ko‘proq ishga jalb qilish “tirik” xodimlarning o‘rnini egallash emas, balki  ish samaradorligini oshirishga qaratilgandir. Uning ma’lum qilishicha: «Bu  aniq shunday bo‘ladi. Biz robotlarni odamlar o‘rnini egallasin, deb yaratayotganimiz yo‘q. Har qanday sharoitda ham biz bunday qilmaymiz. Robotlar ish samaradorligi oshsin, deb yaratilyapti. Bu ikkita boshqa boshqa vazifa».

O‘QING:Sun’iy ong: jilovni qo‘lga olishga hali ertami?

Shunday vaziyat misol qilib ko‘rsatilmoqda: uch kishi uchta banknotlar uchun hisob-saralash mashinani ishlatmaydi, balki bir yo‘la o‘nta mashinani ishlatadi. Ya’ni robotexnika ish samaradorligini oshiradi,  bayram kunlari yoki boshqa tig‘iz vaqtlarda ishni uddalashga yordam beradi, bu degani odamlarni qisqartiradi degani emas.

Robotlashtirish  uch yo‘nalishda amalga oshiriladi: sanoat-kollaborativ robototexnika, logistik robotlar, bepul transport tizimi, havodan ham yer ustida ham yuk tashiydigani,  sanoat ekzoskeletlar va personal xizmat robot-assistentlar.

2017 yilning oxirida Sberbank rahbari German Gref ommaviy robotlashtirish boshlanganini e’lon qilgandi. U robotlashtirish natijasida ish o‘rinlarini keskin qisqartirish yuz bermasligini aytib,  o‘rnini robot egallagan xodimlar boshqa mutaxassislikka o‘tkazilishi haqida va’da bergandi.

O‘QING:Sun’iy ong sizga to‘laqonli hamsuhbat bo‘lmoqchi

 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!