Sega qaytmoqda: eski pristavkaning kloni yaratildi, yana kartriji bilan

  •   Saroy
  •  538
  •  17.10.2018 11:50

Sega qaytmoqda: eski pristavkaning kloni yaratildi, yana kartriji bilan

Analogue kompaniyasi uyda o‘ynaydigan Mega Sg pristavkasini namoyish qildi, u Sega’ning eski konsoli kloni bo‘ldi. Yangi pristavka nafaqat eski “sega”ning ayrim detallaridan nusxa olgan, balki undan barcha kartrijni qo‘llab-quvvatlaydi.

Mega Sg konsoli ko‘p tomonlama zamonaviylashgan, u zamonaviy televizorlarga HDMI bo‘yicha oson ulanadi. Unda “Sega” dan  simli geympad uchun ikkita tirqish bor. Yana unga simsiz geympadni ham ulasa bo‘ladi, ammo u alohida 25 dollarga sotib olinadi. Ishlab chiqaruvchining ma’lum qilishicha, pristavka  Sega Genesis, Mega Drive va Master System’dan 2100 dan ko‘proq kartrijlarni qo‘llab quvvatlaydi.

O‘QING:O‘yin konsollari qachon paydo bo‘lgan?

Ushbu retro-konsol arzon emas — 189 dollar turadi. Kelasi yilning mart oyida sotuvga chiqariladi, deb xabar qiladi IGN sayti. Uning uchun kartrijlarni e’lon bo‘yicha yoki eski-tuski narsalar sotiladigan (baraxolka)  bozordan qidirib topish mumkin.

Sega’ning o‘zi yaqinda MegaDrive Mini’ning eski konsolini qayta chiqargani haqida ma’lum qilgandi. Ammo u kartrijlar bilan ishlamaydi, uni faqat avvaldan o‘rnatilgan o‘yinlar uchun ishlatsa bo‘ladi.

O‘QING:O‘yin tamom, do‘konni yoping: Nintendo emulyatorli saytlar egalarini sudga bermoqchi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!