SENSATSIYA: Pentagon haqiqiy NUJlar aks etgan uchta videoyozuvni rasman oshkor qildi!

  •   DiMaX
  •  6868
  •  28.04.2020 14:50

SENSATSIYA: Pentagon haqiqiy NUJlar aks etgan uchta videoyozuvni rasman oshkor qildi!

«Uchar tarelkalar» bir necha o‘n yillardan beri ufologlar va qiziquvchilarga tinchlik bermay keladi. Internetda bu mavzuda ma’lumotlar, suratlar va hatto videolar qalashib yotibdi, ammo ularning haqiqiyligi shubha ostida.

O‘QING: Angliya va Ukraina aholisini qo‘rqitgan «NUJ»larni kim yuborgandi aniqlandi! (+ikkita «jonli» video)

AQSh Mudofa vazirligi esa kutilmaganda bu bahslarga qo‘shildi va o‘zga sayyoraliklarning uchuvchi jismlari aks ettirilgan o‘zining maxfiy videolavhalariini oshkor qildi. Videoyozuvlarning haqqoniy ekanligini mazkur davlat tashkiloti rasman tasdiqlagan ham!

Pentagon rasmiy saytida AQSh harbiy-dengiz kuchlari tomonidan ilgari suratga olingan videolar e’lon qilindi.

 Ulardan biri 2004 yilning noyabrida, ikkitasi esa 2015 yilning yanvarida «jonli» suratga olingan lavhalardir.

Videoyozuvlarda qayd etilgan ob’yektlar hozirgacha rasman «noma’lum» deya hisoblanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, sizlarga sevimli Terabayt.uz saytida avval ham NUJlarga aloqador xabarlar e’lon qilingan.

O‘QING: O‘zga sayyoraliklar chindan bormi? Jumanazar akaga ishonish uchun 10 sabab