Seuldagi yangi Apple Store Samsung shtab-kvartirasi yaqinida ochilishi mumkin

Seuldagi yangi Apple Store Samsung shtab-kvartirasi yaqinida ochilishi mumkin

Apple kompaniyasi Seul shahrida o‘zining ilk riteyl (chakana) savdo do‘konini ochishni rejalashtirgan. Sammobile nashrining xabar berishicha, Seulda ochiladigan yangi Apple Store Samsung kompaniyasi shtab-kvartirasining shundoqqina yaqinida joylashishi mumkin.

Albatta, Samsung Janubiy Koreya bozorida juda katta mavqega ega. LG bilan birgalikda ikkala gigant mamlakat smartfon bozorining 80%ga egalik qiladi. Tabiiyki, bunday sharoitdagi monoton bozorda Apple ham o‘z pozitsiyalarini mustahkamlashni maqsad qilgan. Masalan, yangidan-yangi bozorlarni zabt etish uchun Kupertino kompaniyasi Xitoyda 36 ta, Gonkongda 4 ta riteyl do‘konlarini ochdi.

Apple o‘zining chakana savdoga mo‘ljallangan Apple Store do‘konlariga juda katta e’tibor bilan yondashadi, aynan mana shu do‘konlar kompaniya qurilmalarining sotilishida katta rol o‘ynaydi. Shuning uchun Janubiy Koreyada ham Apple Store nuqtalaridan kuchli faollikni kutmaslik to‘g‘ri bo‘lmaydi. Hozirda Apple o‘z mahsulotlarini Janubiy Koreyada uchinchi tomon riteylerlari orqali sotib kelmoqda.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.