Shahar changida yana bir tahdid aniqlandi

  •   Saroy
  •  1043
  •  31.07.2018 13:46

Shahar changida yana bir tahdid aniqlandi

Antibiotiklarga chidamli genlar havo rqali tarqalishi mumkin ekan. Ularni tarqatishda esa asosiy ishni chang zarralari bajaradi.

Xalqaro biologlar guruhi dunyoning 19 ta shahridan dispersli zarralardan namuna yig‘dilar. Ushbu zarralarda PSR (polimer zanjirli reaksiya) usuli bo‘yicha 30 ta gen tekshirib ko‘rildi. Ushbu genlar 7 turdagi antibiotiklarning rezistentligiga javob beradi. Natija esa, quvonarli emas.

O‘QING:Ayollar ishlatadigan gadjetlar erkaklarnikidan iflosroq bo‘lishi aniqlandi

Beta-laktamli antibiotiklar  guruhiga kiruvchi eng ko‘p tarqalgan chidamli genlarning biri penitsillin bo‘lib chiqdi. 6 ta shahar havosida  vankomitsinga chidamli bo‘lgan genlar topildi.  Bu «oxirgi zaxiradagi antibiotik» bo‘lib, uni vrachlar boshqa dori-darmonlar yordam bermay qolgandagina buyuradi.  Genlarning eng ko‘p rezintentli konsentratsiyasi San-Fransisko shahrining changidan topildi, eng xilma-xil spektrli genlar esa Pekin havosi tarkibida ekan.

Bu holat juda jiddiy muammo hisoblanadi. Bakteriyalar orasida genlarning  gorizontal tarzda o‘tishi (qachonki, organizm genlarni o‘zining avlodlariga emas, balki begona organizmaga o‘tkazadi.) tez-tez bo‘lib turadigan holatdir. Shahar changidagi rezistentli genlar  konsentratsiyasining yuqoriligi  kasal tarqatadigan bakteriyalarning  antibiotiklarga tezda “immunitet” hosil qilishiga olib keladi. Natijada, davolinishning klassik uslubi mutlaqo foydasiz bo‘lib qoladi.

O‘QING:Bakteriyada ishlaydigan qog‘oz batareya ixtiro qilindi

 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!