Shahodat kalimasi tushirilgan iPhone

Shahodat kalimasi tushirilgan iPhone

Qurilmalarga turli xil qimmatbaho bezaklar berib, ularning hashamatli modellarini yaratuvchi Caviar brendi musulmonlar uchun iPhone 13 Pro va Pro Max smartfonlari Shahadah modelini taqdim qildi.

Rasm muallifi: Caviar

Credo kolleksiyasidan o'rin olgan Shahadah smartfoni Makka, Damashq va Madina masjidlarining arxitekturasidan ilhomlanib tayyorlanilgan bo'lib, u 24 karatlik oltin naqshlar bilan bezatilgan, o'rtasiga musulmon madaniyati ramzi bo'lgan yarim oy tushirilgan va ana uning ichiga musulmon e'tiqodi ramzi bo'lgan shahodat kalimasi o'yib yozilgan.

Rasm muallifi: Caviar

Faqatgina 99 nusxada chiqarilgan iPhone 13 Pro Shahadah modelining 128GB xotiralisi narxi $7 560 etib belgilangan. Xuddi shu model va xotiradagi iPhone 13 Pro Max esa $8 110 turadi.

O'QING: Apple iPhone 13 Pro'ning texnik jihatlari hamda qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!