Shavkat Mirziyoyev «mobil qullik»ni tezda bartaraf etish haqidagi qarorni imzoladi

  •   DiMaX
  •  6221
  •  15.05.2018 10:15

Shavkat Mirziyoyev «mobil qullik»ni tezda bartaraf etish haqidagi qarorni imzoladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2018 yilning 14 may kuni «Elektron tijoratni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarorni imzoladi. Unda, jumladan, 2018 yilgacha «mobil qullik»ni bekor qilishni tezlashtirish ham ko‘zda tutilgan, deb yozadi Norma.uz nashri.

O‘QING: O‘zbekistonda «mobil qullik» yil yakuniga qadar tugatiladi

«Mobil qullik»ni bartaraf etish deganda, uyali aloqa operatorlarining abonentlari o‘z raqamlarini almashtirmagan holda boshqa operator abonentiga aylanishi mumkinligi anglashiladi.

Prezident imzolagan qarorga ko‘ra, 2018 yilning so‘ngiga qadar abonent boshqa uyali aloqa operatori tarmog‘iga o‘tganida uning telefon raqami saqlanishi tartibi ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Bunday tajriba jahonning ko‘plab mamlakatlarida, jumladan, qo‘shni Qozog‘istonda, shuningdek, Rossiya va Ukrainada ham qo‘llanib kelmoqda.

Ushbu havola orqali o‘tib, bu boradagi batafsil sharhimiz bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

O‘QING: O‘zbekiston «mobil qullik»ka qarshi Latviya bilan hamkorlik qiladi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!