Shavkat Mirziyoyev Qaroriga ko‘ra, O‘zbekistonda yana bitta portal ishga tushadi

  •   DiMaX
  •  1358
  •  26.02.2019 10:52

Shavkat Mirziyoyev Qaroriga ko‘ra, O‘zbekistonda yana bitta portal ishga tushadi

O‘zbekiston Milliy axborot agentligining yozishicha, «O‘zbekiston Respublikasi xalqaro reytinglarda» yagona portali yaratiladi. Mazkur portalda xalqaro reytinglar bo‘yicha yillik hisobotlar yoritilib boriladi.

O‘QING: O‘zbekistonda investitsiya portali ishga tushdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 25 fevralda «O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglar va indekslardagi o‘rnini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2019 yil 1 aprelgacha Internet tarmog‘ida «O‘zbekiston Respublikasi xalqaro reytinglarda» yagona portali yaratiladi.

Mazkur portalda xalqaro reytinglar bo‘yicha yillik hisobotlar, shuningdek, hisobotlarni o‘rganish va e’lon qilish muddatlarini ko‘rsatgan holda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ishlar ahvolini yaxshilashga qaratilgan xalqaro tashkilotlar va ekspertlarning tavsiyalari yoritilib boriladi.

2019 yil 1 aprelgacha O‘zbekistonning milliy manfaatlarini hisobga olib xorijiy davlatlarning ijobiy tajribasiga asoslangan reytinglar metodologiyasi tasdiqlanadi.

O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rnini, shu jumladan, tadqiqot institutlarining ma’lumotlari va o‘rganish natijalarini hisobga olgan holda yaxshilash bo‘yicha har yili «Yo‘l xaritalari» ishlab chiqiladi.

O‘QING: Internet tezligi reytingida O‘zbekiston keskin pastladi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!