Sherzod Shermatov: Kursning keskin o‘zgarishi tariflarga ta’sir qilmaydi

Sherzod Shermatov: Kursning keskin o‘zgarishi tariflarga ta’sir qilmaydi

O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi Sherzod Shermatov kursning keskin o‘zgarishi tariflarga qanday ta’sir ko‘rsatishi borasida izoh berdi, deb yozmoqda Kun.uz.

“Sodda qilib aytsak: Telefon va internet xizmatlari uchun to‘lovlar tanlangan tarif rejasi bo‘yicha shu kungacha necha pul so‘mda to‘langan bo‘lsa shuncha to‘lanadi. Kursning bugungi keskin o‘zgarishi tariflarga ta’sir qilmaydi. (Albatta, billing tizimlarini o‘zgartirishga va barcha reklama materiallarini o‘zgartirib chiqishga biroz vaqt talab etiladi, lekin bu tariflarga ta’sir qilmaydi.)”, - deya yozgan Shermatov Facebook’dagi sahifada.

Avvalroq Markaziy bank so‘m devalvatsiyasi bo‘yicha rasmiy bayonot bergandi.