Shilqimlik qilgani uchun 48 nafar Google xodimi ishdan haydaldi

  •   DiMaX
  •  615
  •  27.10.2018 16:13

Shilqimlik qilgani uchun 48 nafar Google xodimi ishdan haydaldi

Shu kunlarda Google kompaniyasi bosh direktori Sundar Pichai o‘z xodimlariga yo‘llagan maktub The Washington Post nashrining qo‘liga tushib qolgan. Unda yozilishicha, shilqimona harakatlari uchun keyingi ikki yil ichida 48 nafar xodim o‘z vazifasidan ozod qilingan.

O‘QING: Google xodimlari uchun «Don’t be evil» shiori o‘z ahamiyatini yo‘qotyaptimi?

S.Pichai ishidan bo‘shatilgan 48 xodimdan 13 nafari katta menejerlar ekanini aytgan. Shuningdek, uning yozishicha, kompaniya ishchilarning nomunosib harakatlari uchun javobgarlikni oshiradi, zero, Google o‘z xodimlarining ish joyidagi xavfsizligiga juda jiddiy qaraydi.

«Sizni ishontiramizki, shilqimlik yoki noloyiq xatti-harakat haqidagi har bir shikoyatni tekshirib chiqamiz, surishtiruv ishlarini olib boramiz va choralar ko‘ramiz», – deya ta’kidlagan Google rahbari.

O‘QING: Ishdan haydalgan Google xodimi kompaniyani tarixning zulmkor lagerlaridan biriga o‘xshatdi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!