Simsiz audio-quloqchin, va nihoyat, “ajdodi”ni ortda qoldirdi

Simsiz audio-quloqchin, va nihoyat, “ajdodi”ni ortda qoldirdi

Savdo-sotiq va bozor rivojini o‘rganuvchi NPD Group tadqiqot-kosalting kompaniyasi olib borgan izlanishlar joriy yilning iyun oyida jahon miqyosida simsiz audio-quloqchinlar savdosi ilk marotaba simli quloqchinlar savdosidan oshib ketganini ko‘rsatmoqda.

NPD Group o‘tkazgan tadqiqotga ko‘ra, birgina AQShda umumiy sotilgan audio-quloqchinlarning 54 foizini simsiz ovoz yetkazish qurilmalari tashkil etadi. Jumladan, sotilgan har uchta aksessuardan biri bahosi bo‘yicha $50 dollardan past darajali qurilma. Ya’ni, bu yerda axborot manbaasiga Bluetooth protokoli asosida ulanadigan naushnik/garnituralar nazarda tutilgan.

2016 yilning birinchi yarim yilligida audio-quloqchin savdosi 7 foizga o‘sgan bo‘lsa, simsiz quloqchinlar savdosi 42 %ga oshgan. Mazkur bozorda yaqqol peshqadamlik Beats’ga, keyingi o‘rin LG kompaniyalariga tegishli. Ulardan keyingi o‘rinlarni Bose, Jaybird va Skullcandy brendlari band qilib turibdi.

Tadqiqotchilarning ma’lum qilishlaricha, Bluetooth-aksessuarlar savdosining o‘sib borishi mazkur turdagi qurilmalar sanoatining rivojlanishi, raqobatni yuzaga kelishi va simsiz ovoz uzatish qurilmalarining o‘rtacha narx-navosi pasayishiga sabab bo‘lmoqda.

Shuningdek, ba’zi bir kompaniya elektron qurilmalarining, jumladan iPhone 7 smartfonining 3,5 mm audio portidan mahrum qilinishi ham simli audio-quloqchinlar savdosining tushib ketishiga sabab bo‘layotgan bo‘lishi mumkin.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!