Sir ochildi: nega Putin umuman smartfon ishlatmaydi?

  •   DiMaX
  •  4448
  •  20.12.2018 17:42

Sir ochildi: nega Putin umuman smartfon ishlatmaydi?

Joriy yilning boshida Rossiya prezidenti Vladimir Putin birorta gadjet, jumladan – smartfon ham ishlatmasligini ma’lum qilgandi. Biroq o‘tgan yili u qo‘lida eng qimmat flagman smartfon bilan «qo‘lga tushgan»ligi ham bor gap.

O‘QING: Bunaqasi bo‘lmagan: Kiberxavfsizlikka mas’ul Yaponiya vaziri umrida biror marta kompyuter ishlatib ko‘rmagan ekan!

Shuningdek, V.Putin internetdan ham foydalanmasligini aytgan, ammo bularning sababini ochiqlamagan. Rossiya telekanallaridan biriga bergan intervsida prezidentning matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham buni tasdiqladi. Shuningdek, Putin nega smartfon tutmasligiga ham matbuot kotibi izoh berib ketdi.

Uning so‘zlariga qaraganda, har qanday smartfon foydalanuvchisi o‘zini va o‘z hayotini «umumiy namoyishga qo‘yadi». Rossiyadek mamlakatning prezidenti esa bunga yo‘l qo‘yishi mumkin emas – axborot xavfsizligi muhim.

Peskovning ta’kidlashicha, mamlakat prezidenti faqatgina hukumatning yopiq aloqa tizimidagi telefonlardan foydalanadi. Matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, ular barcha smartfonlardan keyin ham yashab qoladi.

O‘QING: Putin Trampga sovg‘a qilgan JCh–2018 to‘pining ichidan qanday chip topishdi?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!