Sirli ro‘yxat: Samsung bu yil taqdim qiladigan smartfonlar

Sirli ro‘yxat: Samsung bu yil taqdim qiladigan smartfonlar

Samsung Electronics kompaniyasi ayni paytda jahonning birinchi raqamli smartfon ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. Kuchli raqobat kompaniyani yanada qattiqroq ishlashga majbur qilmoqda. Koreyalik brend sifatli, samarador va yuqori texnik imkoniyatlarga ega smartfonlar ishlab chiqarishga jiddiy kirishgan. Har yili bu IT-gigant bir necha o‘nlab mobil qurilmalarni ishlab chiqaradi.

Kecha o‘tkazilgan, jahon miqyosida 5 million nafar ishlab chiqaruvchilarni jam qilgan XDA Developers forumida Samsung 2018 yilda taqdim etadigan smartfonlarining sirli ro‘yxati ham e’lon qilindi. Keyingi 11 oy mobaynida koreyalik korporatsiya 26 ta smartfon modelini taqdim etishni reja qilayotgan ekan! Ularning bir qismi flagmanlar, aksari esa arzon va o‘rta narxli modellar.

Hozircha bu smartfon modellarining kompaniya xodimlari ishlatadigan kodli nomlari ma’lum. Quyida Samsung joriy yilda taqdim etishni reja qilgan smartfon modellarini e’lon qilamiz.

  • astarqlte – Samsung Galaxy S9 Active
  • c10lte – Samsung Galaxy C10
  • c10plte – Samsung Galaxy C10 Plus
  • crown – Samsung Galaxy Note 9
  • degasy18wifi
  • grandppirislte
  • gtaxlad
  • gta2xl – Samsung Galaxy Tab A 10.1 2018
  • gtesy18lte – Samsung Galaxy Tab E 2018
  • gts4llte – Samsung Galaxy Tab S4
  • j2y18lte – Samsung Galaxy J2 2018
  • j3neolte – Samsung Galaxy J3 Neo
  • j3topelte – another new Galaxy J3
  • j4lte – Samsung Galaxy J4
  • j6lte – Samsung Galaxy J6
  • j7topelte – new Galaxy J7
  • j7toplte – another new Galaxy J7
  • j8lte – Samsung Galaxy J8
  • jackpotlte
  • jackpotqlte
  • jackpot2lte
  • jackpot2qlte
  • kellylte
  • lugelte
  • star – Samsung Galaxy S9
  • star2 – Samsung Galaxy S9+