Siz uzoq kutgan funksiya Android P talqinida bo‘ladi!

  •   DiMaX
  •  2027
  •  13.06.2018 14:49

Siz uzoq kutgan funksiya Android P talqinida bo‘ladi!

Android-qurilmalar uchun tungi rejimni faollashtirish funksiyasini foydalanuvchilar anchadan beri Google kompaniyasidan so‘rashadi. Qidiruv giganti nihoyat bunga quloq solib, operatsion tizimning navbatdagi talqinida uni joriy etayotir.

O‘QING: Android 9 P operatsion tizim talqini umuman betakror! («jonli» video)

Google xabariga ko‘ra, Android tizimining navbatdagi versiyalarida displey sozlamalari bo‘limi orqali tegishli funksiyani yoqish-o‘chirish mumkin bo‘ladi. Mazkur yangilik, ayniqsa, AMOLED-ekranli qurilmalar egalariga juda asqotadi. Ushbu opsiya ularda nafaqat tunda ko‘zni asrashga xizmat qiladi, balki akkumulyator quvvatini ham tejaydi.

Ayni damda to‘qrang interfeys mavzusi Google Pixel 2 smartfonlari egalariga taqdim etilgan. Ammo unda aynan qanday mavzuni yoqishni foydalanuvchilar mustaqil tanlay olmaydilar – ular o‘rniga barchasini Android hal etadi. Operatsion tizim qurilmada ish stoli uchun tanlangan oboy tasviriga bog‘liq holda menyuning tashqi ko‘rinishini o‘zi tanlaydi. Agarda bu surat yetarlicha qora bo‘lsa, menyu ham unga mos bo‘ladi.

Google operatsion tizimga to‘qrang – tungi rejimni qo‘shganida, uni kunning ma’lum bir vaqtida yoki oboy rangiga qarab avtomatik faollashish-o‘chish funksiyasini ham qo‘shishidan umid qilib qolamiz.

O‘QING: Android P beta-versiyasi chiqdi. Qaysi smartfonlarga uni hoziroq o‘rnatish mumkin?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!