Sizni Facebook kuzatuvidan himoyalovchi kengaytma!

  •   DiMaX
  •  1529
  •  28.03.2018 16:35

Sizni Facebook kuzatuvidan himoyalovchi kengaytma!

Kuni kecha xabar berganimizdek, Facebook kompaniyasi o‘z mobil ilovalari orqali foydalanuvchilarning hatto telefon qo‘ng‘iroqlari va SMS-xabarlarini ham kuzatib kelayotgan ekan. Bundan tashqari, ushbu tarmoqqa har qanday brauzerdan kirganingizda ham u sizning internetdagi harakatlaringizni ta’qib etib boradi.

O‘QING: Facebook tan oldi: u Android-smartfonlardagi qo‘ng‘iroq va SMS-xabarlarni kuzatmoqda!

Ammo endi Facebook kuzatuvidan himoyalanishning oson yo‘li topildi: Mozilla tomonidan Firefox brauzeri uchun ishlab chiqilgan kengaytmani o‘rnatib olsangiz bas. Facebook Container deb nomlanuvchi ushbu plagin ijtimoiy tarmoqqa kirayotganingizda, uni izolyasiyalangan alohida varaqa (vkladka)da ochadi. Natijada Facebook sizning internetdagi boshqa harakatlaringizni ta’qib eta olmaydi. Buning oqibatida u sizning internet-ko‘nikmalaringizni eslab qola olmaydi, qaysi saytlarga kirishingizni bilolmaydi va pirovard natijada shaxsga yo‘naltirilgan reklamani ham kamroq ko‘rsatadi.

O‘QING: Internetdagi anonimlik uchun maxsus brauzerlar

Firefox brauzeringizga Facebook Container plaginini yuklab olish uchun mana bu havola orqali o‘tasiz. O‘rnatib olganingizdan so‘ng, bu kengaytma Facebook’ning brauzerda saqlanib kelayotgan barcha cookie-fayllarini o‘chiradi.

Endi ijtimoiy tarmoqning o‘zi ham, boshqa saytlardagi «Ulashish» («Podelitsya» yoki «Share») tugmachalari orqali ochiladigan varaqalar ham maxsus moviy rangda ajratib ko‘rsatiladi. Bu esa ushbu varaqalar boshqalaridan izolyasiyalanganligini anglatadi.

Shu kengaytmani Firefox brauzeringizga o‘rnatib qo‘ysangiz, Facebook sizning bu brauzer orqali internetda kezishlaringizni ta’qib eta olmaydi. Lekin undan yanada yaxshiroq xalos bo‘lish uchun quyidagi maqolada ko‘rsatilgan amallarni ham bajarishingiz mumkin.

O‘QING: Facebook kuzatuvini cheklaymiz

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!