Skype mobil qurilmalarda jamoaviy videochatni tatbiq qiladi

Skype mobil qurilmalarda jamoaviy videochatni tatbiq qiladi

Skype bepul aloqa dasturi video qo‘ng‘iroq xizmatini 10 yilligini nishonlamoqda. Mazkur sana munosabati bilan dastur yaratuvchilari tomonidan mobil qurilmalarga mo‘ljallangan jamoaviy videochat xizmatini taqdim qilgan. Mazkur jamoaviy videochatlarda 25 nafargacha foydalanuvchi ishtirok etishi mumkin.

Hozircha rasmiy taqdimot qachon bo‘lishi aniq emas. Ammo xorijiy ommaviy axborot vositalari yangi xizmatning sanoqli haftalar ichida rasman e’lon qilinishini yozishmoqda.

Yangi funksiyadan Android, iPhone, iPad va Windows 10 Mobile operatsion tizimlarida foydalanish mumkin. Skype xizmati tomonidan ushbu yangi funksiyaning Android planshetlarida ham foydalanish mumkinligi tasdiqlangan. Skype veb-saytidan ro‘yxatdan o‘tish orqali bu qulaylikdan foydalanish mumkin.

Kompaniya yangi xizmat haqida WhatsApp tomonidan Skype xizmatiga raqobatchi bo‘lgan birga bir video qo‘ng‘iroq xizmatining e’lon qilinishidan bir necha hafta o‘tib e’lon qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bugun dunyo miqyosida 4,9 million faol, 300 milliondan ziyod doimiy foydalanuvchiga ega Skype xizmatiga 2003 yilda asos solingan. 2011 yilda Microsoft kompaniyasi dasturni 8,5 mlrd. AQSh dollariga xarid qilgan. Kun davomida foydalanuvchilar tomonidan Skype yordamida 3 milliard daqiqalik suhbatlar quriladi.