Skype, Viber, WhatsApp bilan bog‘liq muammolar nihoyat bartaraf etildi

  •   Saroy
  •  1094
  •  23.05.2018 10:45

Skype, Viber, WhatsApp bilan bog‘liq muammolar nihoyat bartaraf etildi

Bu haqda «O‘zbektelekom»  kompaniyasi Bosh direktori Farhod Ro‘ziyev O‘zbekistonda AKT ni rivojlantirishga bag‘ishlab o‘tkazilgan  #MITCROADMAP2018 konferensiyasida ma’lum qildi.

O‘ning ta’kidlashicha, kompaniya muhandislari ushbu muammoni bartaraf etish uchun bir necha kun qattiq ishlashgan.

«Biz eng og‘riqli muammoni bartaraf etdik. Bir necha kun davomida muhandislarimiz qattiq ishlashdi va Skype, Viber, WhatsApp hamda boshqa ovozli ilovalar bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etishdi. Endi hammasi ishlayapti – bemalol foydalanishingiz mumkin, o‘rtoqlar», — deya ta’kidladi «O‘zbektelekom» rahbari.

Bosh direktorning aytishicha, kompaniya keng miqyosda transformatsiyani amalga oshirmoqda va o‘z oldiga 2020 yilgacha mo‘ljallangan global maqsadlarni belgilab olgan.

Bular:

  1. O‘zbekistonda birinchi raqamli operator bo‘lish
  2. Mamlakatda eng zo‘r 10 ta ish beruvchining biriga aylanish
  3. Respublikada eng ilg‘or davlat kompaniyasi bo‘lish

Bundan tashqari,  2018 yilning oxirigacha internet tezligini bir necha barobarga oshirish bo‘yicha ishlar allaqachon boshlab yuborilgan, deyiladi  change.uztelecom.uz. saytida.

O‘QING: Yil oxirigacha internet tezligi qanchaga oshadi? Yo‘l xaritasini tomosha qiling!

 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!