Smartfon akkumulyatoridan quyosh batareyaci ishlab chiqish mumkin

Smartfon akkumulyatoridan quyosh batareyaci ishlab chiqish mumkin

Janubiy Koreyaning Keng Xi universiteti olimlari foydalanilmayotgan mobil aloqa qurilmalarining akkumulyatorlaridan yangi maqsadda foydalanish taklifini bildirishmoqda. Ularning fikricha. bu kabi quvvat toshlaridan quyosh batareyalari tizimlarini yaratish mumkin. Bu haqda Phys.org sayti xabar bermoqda.

Energiyaning arzon manbai bo‘lmish akkumulyatorlarni qayta ishlab, ulardan quyoshdan quvvat olib, yon-atrofni yoritishi mumkin bo‘lgan yoritgichlarni yaratish mumkin ekan. Ayniqsa, elektr tarmoqlari yetib bormagan, kerosin va shag‘amlardan foydalanayotgan hududlarda bu kabi texnologiya ish beradi.

Tadqiqotchilarning fikricha, 25 AQSh dollariga  butun boshli quyoshli batareyaning yoritish tizimini tayyorlash mumkin ekan. Har bir yoritish tizimiga esa elektr toki sig‘imi 3000 mA soat bo‘lgan 3 dona akkumulyator kerak bo‘ladi.

Bu kabi akkumulyatorli quyosh batareyalari 3 yil mobaynida har kuni 5 soat beminnat yorug‘lik taratib, xizmat qilish mumkin ekan.

Olimlar mazkur loyihani rivojlantirib, bir qator Afrika davlatlarida amalga oshirishni reja qilishmoqda. Shunday ekan, bu kabi batareyalarni tashlab yuborishga oshiqmang.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!